Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” bolalar raqamli telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 30-maydagi PQ-1976-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-yanvar,
PQ-2112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-yanvardagi PQ-2112-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari faoliyatini, shuningdek “Yoshlar” teleradiokanali” YoAJ huzuridagi “Bolajon” telekanali faoliyatini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalash tasdiqlanadigan teleradioeshittirish (koʻrsatuvlar) hajmlari asosida amalga oshiriladi”.
2. 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar” teleradiokanali” YoAJning tashkiliy tuzilmasi”
Umumiy cheklangan soni — 438 nafar, shu jumladan MBX — 7 nafar.
3. 10-ilovaning I boʻlimi:
a) quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin: “ 9. “Bolajon” telekanali 15,0 — ”; b) “Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ JAMI 133,7 112,2 ”.