PF-300-son Farmon · 15.12.1991

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining 1991-yilda tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan paxtakor xoʻjaliklarining iqtisodiyotini mustahkamlashga doir qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-300
  • Qabul qilingan sana:15.12.1991
  • Kuchga kirgan sana:15.12.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiiy ofatlar sababli bu yilgi paxta tayyorlash topshiriqlarini bajarmagan paxtakor kolxozlari, sovxozlari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari iqtisodiyotini mustahkamlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati ijroiya komiteti Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida 1991-yilning aprel—may oylarida tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan paxtakor xoʻjaliklar aniqlansin va ularning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlansin.

2. Ana shu xoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 30-sentabrdagi Farmoni asosida tasdiqlangan tartibga muvofiq 1991-yilgi paxta hosilidan ishlab chiqilgan paxta tolasi amaldagi hajmining 5 foizigacha oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 15-dekabr,

PF-300-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.