Vaziyat beqarorlashganligi munosabati bilan Jalolquduq, Qoʻrgʻontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xoʻjaobod rayonlari va Andijon viloyatining Andijon shahri hududlarida 1990-yilning 8-iyunidan eʼlon qilingan favqulodda holat bekor qilinsin.
Ana shu rayonlarda va Andijon shahrida favqulodda holat bekor etilganligi toʻgʻrisida darhol eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-noyabr,
PF-297-son