PF-4602-son Farmon · 14.02.2014

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4602
  • Qabul qilingan sana:14.02.2014
  • Kuchga kirgan sana:24.02.2014
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 8

Tijorat banklarning investitsiyaviy faoliyatini kengaytirishni yanada ragʻbatlantirish, ularni resurs bazasini mustahkamlash hamda iqtisodiyot tarmoqlarini yanada modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlarini oshirish, shuningdek tijorat banklarining balansida boʻlgan korxonalarni keyinchalik realizatsiya qilish uchun investorlarni jalb etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 14-fevral,

PF-4602-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PF-4602-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.