Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining direktori lavozimlari tugatilsin.
2. Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq va “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-sonli qarorining 1-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-iyuldagi PQ-398-sonli qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyul,
PQ-1154-son