PF-218-son Farmon · 11.06.1991

Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasini tashkil etish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-218
  • Qabul qilingan sana:11.06.1991
  • Kuchga kirgan sana:11.06.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 7

Ilmiy kuchlarni jamlash va muvofiqlashtirishni taʼminlash, dehqonchilik-sanoat majmuining ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash maqsadida:

1. 1991-yilning 1-iyuldan V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xoʻjalik akademiyasi Oʻrta Osiyo boʻlimi hamda respublikada joylashgan dehqonchilik yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari negizida Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasi tashkil etilsin.

2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq I.H.Joʻrabekov) mazkur Farmonni bajarishga oid tashkiliy tadbirlarni koʻzda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 11-iyun,

PF-218-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.