Respublika qishloq aholisini ovqat uchun don (bugʻdoy) bilan taʼminlashni yanada yaxshilash va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda gʻalla yetishtirishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Respublika jamoa xoʻjaliklari va davlat xoʻjaliklariga 1991-yilda yetishtirilgan don (bugʻdoy) hosilining ortiqchasini gʻalla oʻrimi uchun natura holida toʻlovga qoʻshimcha ravishda har bir qishloq oilasiga, jumladan, pensionyerlar, vrachlar, oʻqituvchilar va aholining boshqa toifalari oilalariga kamida 100 kilogramm don (bugʻdoy) sotishga ruxsat etilsin.
2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni amalga oshirishga doir qarorni qabul qilsin, unda:
— shaxsiy yondamchi xoʻjaliklarda gʻalla yetishtirishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish choralari tizmasi;
— ortiqcha don(bugʻdoy) ni viloyatlar oʻrtasida qayta taqsimlash;
— Qoraqalpogʻiston MSSR Vazirlar Kengashiga va viloyat ijroiya qoʻmitalariga ortiqcha don (bugʻdoy)ni rayonlar oʻrtasida taqsimlash huquqini berish koʻzda tutilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 31-may,
PF-215-son