Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik ijrosini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
PQ-2347-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli qarorida:
a) 2-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandida:
birinchi — toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi amaliyotini tizimli asosda tekshirishlar oʻtkazib, oʻrganib boradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli asosda oʻrganib boradi”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “190” raqami “160” raqamiga almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
7-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-bandida:
8.2-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
8.8-kichik bandida:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
10-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan, prokuratura organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi — qirqinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “shu jumladan, jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar materiallari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yigirma toʻrtinchi xatboshidagi “qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-bandining uchinchi xatboshidagi “huquqni muhofaza qiluvchi va”, “tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishlari materiallari va yakka tartibdagi hujjatlar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
14-bandining ikkinchi xatboshidagi “besh nafar oʻrinbosarlari” soʻzlari “toʻrt nafar oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
17-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish, ularning amalga oshirilishini taʼminlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 3 — 6-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati
Jami: Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 160 kishi.
* Izoh: Departament direktori, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlari Markaziy apparatning umumiy shtatlar soniga kirmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga5-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni