Tashqi savdo faoliyatini xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni tashkil etish maqsadida:
1. Ayrim turdagi tovarlar uchun 2015-yilning 1-sentabridan boshlab:
import boji stavkalari 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan, aksiz soligʻi olinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2015-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-avgust,
PQ-2388-son