PQ-2196-son Qaror · 01.07.2014

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2196
  • Qabul qilingan sana:01.07.2014
  • Kuchga kirgan sana:01.07.2014
  • Holati:Amalda

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2013-yil 15-aprel kuni Moskva shahrida imzolangan Readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma belgilangan tartibda kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-719-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshi va 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 1-iyul,

PQ-2196-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.