PQ-2488-son Qaror · 10.02.2016

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2488
  • Qabul qilingan sana:10.02.2016
  • Kuchga kirgan sana:22.02.2016
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 7

Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida” 2011-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-296-sonli Qonuniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

“auksion savdosiga Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida joylashgan turar joy koʻchmas mulki qoʻyilgan taqdirda, unda tegishli ravishda faqat Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskada turuvchi jismoniy shaxslar bevosita yoxud vakil orqali ishtirok etishlari mumkin.”

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2016-yil 10-fevral.

PQ-2488-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.