PQ-2884-son Qaror · 12.04.2017

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2884
  • Qabul qilingan sana:12.04.2017
  • Kuchga kirgan sana:24.04.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 16

Ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxini pasaytirish hisobiga uning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, kimyo tarmogʻi korxonalarini yanada modernizatsiyalash, rekonstruksiyalash va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish, energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida xaridorgir mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, shuningdek, tarmoqni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, korporativ boshqaruvning ilgʻor usullarini keng qoʻllash maqsadida:

1. Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksining rahbari Gʻ.I. Ibragimovga, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi kimyo sanoati korxonalarining rahbarlariga ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish va tannarxini pasaytirish, energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish boʻyicha taʼsirchan choralarni amalga oshirmaganliklari koʻrsatib oʻtilsin.

Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini ogʻishmay tubdan kamaytirib borish, mavjud rezervlarni aniqlash, energiya, materiallar va resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni jadal tatbiq etish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish kimyo tarmogʻi korxonalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin. Tannarxni arzonlashtirish ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishning eng muhim omili deb qaralsin.

2. Quyidagilar “Oʻzkimyosanoat” AJning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

ishlab chiqarish sarf-xarajatlari va kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxi darajasiga taʼsir oʻtkazuvchi omillarni chuqur tahlil etish, resurs va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiya va uskunalarni, ishlab chiqarish jarayonlari va sotuvlarni boshqarishning eng yangi elektron-axborot tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning materiallar sigʻimini kamaytirish, boshqaruv xodimlari sonini va noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini optimallashtirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini tubdan pasaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

tarmoqda ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiyalashga, mamlakat mineral xomashyo resurslari zaxiralarini tobora chuqurroq qayta ishlashga, yuqori qoʻshilgan qiymatli xaridorgir sifatli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni va tarmoq korxonalarida texnologik xavfsizlikni taʼminlaydigan yuqori texnologiyali zamonaviy uskunalar va innovatsion texnologiyalarni tarmoqqa keng joriy etishga yoʻnaltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

kimyo sanoati mahsulotlarining jahon konyunkturasi tendensiyalarini chuqur oʻrganish va buning asosida jahon bozorlarida xaridorgir boʻlgan kimyo buyumlarining xilma-xil turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, mahalliy mahsulotlarni yangi tashqi bozorlarga olib chiqish;

import boʻyicha respublikaga olib kelinayotgan kimyo mahsulotlarini tahlil qilish va kimyo ishlab chiqarishlarini mahalliylashtirish darajasini muttasil chuqurlashtirib borish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlari bilan respublikamizning yirik korxonalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

respublika qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini agrotexnologiya normalariga muvofiq mutanosib nisbatdagi azot, fosfor, kaliy va kompleks oʻgʻitlar bilan barqaror taʼminlash;

faol investitsiya siyosatini yuritish, loyiha ishlari, ularning ekspertizasini takomillashtirish, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

“Oʻzkimyosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish, ularda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish va takomillashtirish;

yangi raqobatdosh, innovatsion texnologiyalar, mahsulot turlari yaratish va joriy etishga, mahsulotga energiya va resurs sarfini kamaytirishga, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, tarmoqlararo ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;

zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallagan, bozor sharoitlarida ishlarni samarali tashkil eta oladigan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 07/18/3983/2106-son)

6. “Oʻzkimyosanoat” AJ:

ishlarni tizimli asosda tashkil qilsin va 4-ilovaga muvofiq 2017-yilda korxonalar boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirishning prognoz parametrlariga soʻzsiz erishishni taʼminlasin;

* 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan

ishlab chiqarish xarajatlarining va tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxining muttasil kamayib borishini taʼminlaydigan omillarni doimo puxta tahlil etib borsin hamda 2017-yilning 1-dekabriga qadar muddatda 2018-2019-yillarda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

7. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017 — 2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda talab boʻlgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha moslashuvchan quvvatlarni tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar nazarda tutilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

10. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 12-aprel,

PQ-2884-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli qaroriga4-ILOVA

2017-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari kesimida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishning

Korxonalar nomi Oʻlchov birligi Xarajatlar qisqarishi parametrlari Shu jumladan: ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga Qoʻshimcha xarajatlar hisobiga jami shulardan: jami shulardan: energiya resurslarini tejash xomashyo va materiallarga xarajatlarni optimallashtirish texnologik va boshqa nobudgarchiliklarni kamaytirish sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini optimallashtirish Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari va ekspluatatsiya chiqimlarini kamaytirish MBXga sarf-xarajatlarni qisqartirish qoʻshimcha xarajatlarni kamaytirish “Oʻzkimyosanoat” AJ % 103 6,1 0,9 0,7 13 0,4 2,8 4,2 0,01 4,2 mln soʻm 254 231 150 564 23 109 17 245 32 780 9 059 68 371 103 667 313 103 354 shu jumladan: “Navoiyazot” AJ % 7,7 7,0 0,5 1,7 3,8 0,3 0,7 0,6 - 0,6 mln. soʻm 62 357 57 308 3 992 14 086 30 985 2 250 5 994 5 049 - 5 049 “Maksam-Chirchiq” AJ % 3,7 2,5 1,3 0,02 - 1,1 0,08 1,2 0,03 1,09 mln. soʻm 23 574 16 023 8 573 139 - 6 809 503 7 551 174 7 377 “Fargʻonaazot” AJ % 6,3 6,3 1,7 0,2 - - 4,3 0,002 - 0,002 mln. soʻm 37 194 37 181 9 973 1 409 - - 25 799 13 - 13 “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” UK % 40,0 9,1 0,16 0,06 0,08 - 8,8 31,0 - 31,0 mln. soʻm 117 358 26 546 470 172 243 - 25 662 90 811 - 90 811 “Qoʻngʻirod soda zavodi” UK % 10,2 10,0 0,07 1,1 1,2 - 7,7 0,2 0,1 0,08 mln. soʻm 13 749 13 505 101 1 438 1 552 - 10 414 243 139 104

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli qaroriga 6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim qarorlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari Kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qarori 2-ilovasining 3-bandi.

2. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalari ishini barqarorlashtirish chora-tadbirlari va ularni yanada rivojlantirish yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 9-iyundagi 292-sonli qarori.

3. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qarori.

4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 31-martdagi 154-sonli qarori.

5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 471-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, № 40-41, 439-modda).

6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori ilovasining 29-bandi (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 2010-yil, № 6, 27-modda).

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.