Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olish, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda respublika hududlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining yoʻnalishlari, kasblari va ixtisosliklari boʻyicha kasbiy tayyorlangan mutaxassislarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha, istiqbolda moʻljallanayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2017/2018 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini aniq kasb va ixtisosliklar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududiy bandlik tuzilmalarini, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini tanqidiy tahlil qilish asosida 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini qayta ixtisoslashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylarni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish hisobga olingan taklifi 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.
3. 2017/2018 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilishning umumiy parametrlari (keyingi oʻrinlarda qabulning umumiy parametrlari deb ataladi), shuningdek hududlar boʻyicha qabul kvotalari 2 va 2.1 — 2.14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bir oy muddatda oxirgi yillarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni puxta tahlil qilishdan kelib chiqqan holda qabulning umumiy parametrlari asosida viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga oʻqishga qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Bunda:
oʻquvchilar va ularning ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga boʻlgan xohishini, taʼlim muassasalarida zarur moddiy-texnik baza mavjudligini hisobga olib umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga toʻliq qamrab olinishini taʼminlashga;
umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchi qizlari talab etilgan kasblarni egallashlarini nazarda tutgan holda, ular akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga toʻliq qamrab olinishiga alohida eʼtibor berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, tumanlar (shaharlar) hokimliklari, bandlikka koʻmaklashish markazlari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor subyektlar ishtirokida 9-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari bilan oʻquvchilarning qiziqishlari va layoqatlariga muvofiq taʼlim yoʻnalishlari va kasblar ongli tanlashini, ularning keyingi ishga joylashishi va xizmat mavqeyi oʻsishini, shuningdek kasbga yoʻnaltirish ishlarining shakl va usullari, sifat darajasini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hisobidan tizimli kasbga yoʻnaltirish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabulning umumiy parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin hamda oʻqishga qabul qilish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 10-avgustigacha boʻlgan muddatda yakuniy axborot taqdim etsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga:
umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar va ularning ota-onalari tanlagan yoʻnalish va kasblar boʻyicha oʻqishga boʻlgan ehtiyojini, shuningdek iqtisodiyot sohalari va xoʻjalik subyektlari — hududlardagi potensial ish beruvchilarning oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli kadrlarga boʻlgan real joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash;
har bir kasb-hunar kolleji oʻquvchisini kasb-hunar kollejiga oʻqishga kirgan kundan boshlab kelgusida egallaydigan kasbi, ixtisosligi boʻyicha aniq ish oʻrniga biriktirish boʻyicha tashkilotlar yoki korxonalarni belgilash borasida oʻz vaqtida aniq chora-tadbirlar koʻrish;
alohida taʼlimga muhtoj boʻlgan bolalar va “Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga taʼlim muassasalarini tanlash huquqi hamda ularning keyinchalik ishga joylashish huquqini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchi qizlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish, ular uchun egallaydigan kasb va ixtisosliklari boʻyicha istiqboldagi doimiy ish oʻrinlarini tayin qilish, jumladan oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi va bandlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga yangi tashkil etiladigan ish joylarini belgilash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017/2018 oʻquv yili uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, shuningdek yangidan foydalanishga topshiriladigan kasb-hunar kollejlari filiallarida 2017/2018 oʻquv yili boshlanguniga qadar oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, shuningdek ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, tayyorlov yoʻnalishlariga muvofiq zarur zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, oʻquv-normativ hujjatlar, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-may,
PQ-2941-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 1-ILOVA
2017-2018-yildan boshlab qayta ixtisoslashtirilayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga2-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga qabul qilishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.1-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.2-ILOVA
/2018 oʻquv yilida Andijon viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.3-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.4-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Jizzax viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga2.5-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Qashqadaryo viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga2.6-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Navoiy viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.7-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Namangan viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.8-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.9-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Surxondaryo viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.10-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.11-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Toshkent viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.12-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Fargʻona viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.13-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Xorazm viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.14-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Toshkent shahri umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari (KHK) va akademik litseylariga (AL) oʻqishga