PQ-2946-son Qaror · 02.05.2017

Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2946
  • Qabul qilingan sana:02.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:29.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 21

Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ijtimoiy va muhandislik-transport infrastrukturasining jadal rivojlantirish, aholini arzon va shinam uy-joy bilan taʼminlash, taʼlim va tibbiyot muassasalari tarmoqlarini kengaytirish davlat dasturlarini amalga oshirishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida loyiha-qidiruv ishlarining barqaror oʻsishiga olib keldi.

Shu bilan birga, loyihalash sohasidagi vaziyat amalga oshirilayotgan investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirishga va loyiha-qidiruv ishlari sifatini taʼminlashga toʻsiq boʻlayotgan jiddiy kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Respublikamiz hududlarida texnik jihozlash va kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, shuningdek, loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni yuqori sifatini taʼminlash imkoniga ega zamon talablariga javob beradigan loyiha institutlarining mavjud emasligi jiddiy kamchiliklardan biri hisoblanadi.

Yosh istiqbolli loyihachi kadrlarni jalb etishga yetarli eʼtibor qaratilmayotgani, respublikamizning ushbu yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarida ularni tayyorlash sifatining talab darajasida emasligi natijasida aksariyat loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining malakasi past darajadaligicha qolmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning istiqbolli va iqtisodiy jihatdan samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirokini taʼminlash, moddiy-texnik bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqiladigan loyihalar sifatini jiddiy oshirish, shuningdek, shahar qurilishiga, arxitektura va texnik qaror qabul qilish darajasi va sifatini tubdan oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining respublika yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlar sifatini oshirish boʻyicha ishlari qoniqarsiz, deb topilsin.

2. Loyiha-qidiruv ishlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

qurilishning ilgʻor uslublarini, zamonaviy va energiya samarador qurilish materiallarining turlarini loyiha yechimlariga ustuvor tatbiq etish;

ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda, loyihalashtirishning zamonaviy ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartiblarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilgʻor litsenziyali dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda obyektlarni avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;

yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qoʻllashni koʻzda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy meʼyorlar va standartlarni joriy qilish;

namunaviy loyihalashtirishdan yanada keng foydalanish;

loyihalarni optimallashtirish va qiymatini pasaytirish;

qurilishning barcha bosqichlarida sifatli avtorlik nazoratini taʼminlash, uning belgilangan standartlar, meʼyorlar va tartiblariga moslashtirish;

loyiha tashkilotlari rahbarlari va loyiha tashkilotlarining barcha yetakchi mutaxassislarining kasbiy darajasini tubdan oshirish, yosh iqtidorli mutaxassislarni jalb etish, uzluksiz taʼlim va malaka oshirish tizimini yaratish.

3. Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — kompleks tadbirlar) 1-ilovaga muvofiq, tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

amaldagi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish;

respublika hududlarida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil etish;

loyiha-qidiruv tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash;

loyiha tashkilotlari moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida:

“OʻzshaharsozlikLITI” DUKning filiallari 2-ilovaga muvofiq;

amaldagi litsenziyali loyiha tashkilotlari bazasida yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlarini 3-ilovaga muvofiq tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

5. Respublika hududlarida tashkil etiladigan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

aholi punktlari hududlarini qurishni rivojlantirish hujjatlarini ishlab chiqish;

transport va yoʻl qurilishi obyektlari va komplekslarini loyihalashtirish;

umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini, magistral muhandislik tarmoqlarini, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlari bilan birga, qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududiy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va ularni uy-joy qurilishi obyektlarini loyihalash sohasida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan toʻldirishda amaliy yordam koʻrsatsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:

(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, tegishli mutaxassislar bilan toʻldirilganligi, moddiy-texnik jihozlanganligi, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasi boʻyicha yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini oʻrganish va muvofiqlashtirishni;

oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar berish;

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK bilan birgalikda respublika hududlarida namunaviy tuzilmasi va Nizomini tasdiqlangan holda, uning filiallarini ochishni taʼminlasin.

7. Vazirliklar, idoralar va taʼsischi xoʻjalik birlashmalar rahbarlari hamda yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari aksionerlariga quyidagilar boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin:

yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari ishlarini faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha muvofiqlashtirish;

ularni yuqori malakali boshqaruv va muhandis-texnik kadrlar bilan taʼminlash;

yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini joylashtirishni taʼminlash;

ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

moliya-xoʻjalik faoliyatining ahvoli;

2018-yilning 1-yanvarigacha loyiha tashkilotlarida ISO-9000 turdagi sifat tizimi sertifikatini bosqichma-bosqich joriy etish.

8. Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari, jumladan, mazkur qaror doirasida respublika mintaqalarida qaytadan tashkil etilayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari 2017-yilning 1-iyulidan boshlab 3 yil muddatga:

foyda soligʻi, asosiy faoliyat turi boʻyicha mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat ulushi boʻyicha toʻlanadigan dividendlardan boʻshagan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda tashkilotlar mutaxassislarini malakasini oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda, soliq toʻlashdan;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, roʻyxat boʻyicha, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar, asboblar, ehtiyot qismlar, buyumlar toʻplami bilan birga chet eldan keltiriladigan maxsus texnika uchun bojxona toʻlovlaridan (boj yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-847-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 2-may,

PQ-2946-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 1-ILOVA

Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 2-ILOVA

Respublika hududlarida tashkil etiladigan “OʻzshaharsozlikLITI” DUK instituti filiallari

* maydonlar ajratilganidan soʻng, filiallar joylashuvi oʻzgarishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 3-ILOVA

Amaldagi litsenziyalangan loyiha tashkilotlari negizida bunyod etiladigan hududiy yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-847-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “tashkilotlar” soʻzidan oldin “Davarxitektqurilish qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.