PQ-2985-son Qaror · 22.05.2017

Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2985
  • Qabul qilingan sana:22.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:29.05.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 21

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va faoliyatini toʻxtatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarordan kelib chiqqan holda muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 22-may,

PQ-2985-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-sonli qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartishlar

1. 34-bandida:

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“agar mavjud boʻlsa, korxonaning muhr va shtamplari”;

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. 46-bandining yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mavjud boʻlsa, korxonaning muhr va shtamplari”.

3. 47-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazgan organ” soʻzlari “kameral nazoratni oʻtkazadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi xatboshidagi “ikki hafta mobaynida” soʻzlari “bir hafta mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.