PQ-3010-son Qaror · 26.05.2017

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narxlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3010
  • Qabul qilingan sana:26.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:30.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlariga narxlar shakllanish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AKning 2017-yilning 1-iyunidan boshlab “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning barcha avtomobil modellarini ichki bozorda milliy valyuta — soʻmga sotishga oʻtish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. “Oʻzavtosanoat” AK:

2017-yilning 1-iyunigacha tuzilgan shartnomalar boʻyicha yengil avtomobillar yetkazib berish va toʻlovlarni qabul qilish, shartnomalarda nazarda tutilgan qatʼiy shartlar va belgilangan muddatlarda toʻlovlarni xalqaro plastik kartochkalari orqali amalga oshirishni;

tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlar turlarini yanada diversifikatsiyalash, tashqi bozorlardagi oʻrnimizni mustahkamlash hisobiga eksport hajmini koʻpaytirishni;

yangi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirishni;

butlovchi qism va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan asosiy xom ashyo va materiallarni oʻzlashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish hisobiga importning ulushini kamaytirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirishni taʼminlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 26-may,

PQ-3010-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.