PQ-3003-son Qaror · 24.05.2017

Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3003
  • Qabul qilingan sana:24.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:24.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22

Keyingi yillarda respublikamizning oliy taʼlim muassasalarida “qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash”, “gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “melioratsiya va suv xoʻjaligi”, “gidrotexnika inshootlaridan foydalanish” hamda qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha 8 ming nafardan ortiq muhandis-texnik kadrlar tayyorlandi.

Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini oʻrganish va tahlillar kadrlar tayyorlashga real ehtiyojni aniqlash, oʻquv jarayoni bilan ishlab chiqarishning oʻzaro bogʻliqligini kuchaytirish, ilmiy-metodik bazani ishlab chiqishda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirish masalalarida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tarmoq korxonalari va ixtisoslashgan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud emasligini koʻrsatmoqda, bu esa kadrlar tayyorlash, ayniqsa qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida kadrlar tayyorlash sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarning tizimli ravishda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Mirzayev Z.T. zimmasiga qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalariga umumiy rahbarlik qilish yuklatilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)

4. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.

Muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy funksiyalari etib, quyidagilar belgilansin:

qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining, shuningdek, pedagogik kadrlar va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarining ilmiy-metodik bazalarini shakllantirishni muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi talab va ilgʻor xorijiy tajriba, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda, tayanch oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni amalga oshirish;

qishloq va suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-texnik vazifalar, jumladan suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlar va suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli ishlashi va xavfsizligini taʼminlash, resurstejamkor qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikasi, mashina va mexanizmlardan foydalanish va loyihalash boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borishni muvofiqlashtirish;

ixtisoslashgan oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, jumladan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash asosida, qishloq va suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini sifatli oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlash.

Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida muhandis-texnik kadrlar, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi va Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.

5. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Gulbahor qoʻrgʻoni, Samarqand koʻchasi, 41-uy manzilida joylashgan Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ITI) Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi (Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi IIM) tasarrufidan, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ITIning davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish huquqini Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi IIMda saqlagan holda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutini Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti tasarrufiga oʻtkazishni taʼminlash uchun tashkiliy chora-tadbirlar boʻyicha qaror qabul qilsin.

6. Quyidagilar:

(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)

qishloq va suv xoʻjaligi sohasida muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligining tashkiliy sxemasi 3-ilovaga muvofiq;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadigan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va mutaxassisliklari roʻyxati 4- va 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)

8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:

2017/2018 oʻquv yili boshlanishiga qadar Toshkent davlat agrar universitetida taʼlim olayotgan “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” bakalavriat yoʻnalishlarining 1 — 3-bosqich hamda magistraturaning tegishli mutaxassisliklari boʻyicha talabalar kontingentini Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga oʻtkazsin;

2017-yilning 1-avgustigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetlarida yangi 2017/2018 oʻquv yilini toʻlaqonli oʻquv jarayoni boshlanishini taʼminlash, shu jumladan fakultetlarni joylashtirish, shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan kafedralarni professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda bir oy muddatda institutning nizomini tasdiqlasin, shuningdek, uning xodimlari sonini tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga muvofiqlashtirsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (A.N. Aripov) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oliy taʼlim muassasalari boʻyicha 2017/2018 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish kvotalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi PQ-2955-sonli qarori bilan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida respublikamiz mintaqalari boʻyicha 6-ilovaga muvofiq maqsadli qabul kvotalari ajratilishini nazarda tutsin.

11. Fan va texnologiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, bir oy muddatda:

davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Toshkent davlat agrar universitetida qishloq va suv xoʻjaligini mexanizatsiyalash hamda elektrlashtirish sohasida bajarilayotgan loyihalarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga oʻtkazish yuzasidan, xatlovdan oʻtkazsin;

ixtisosliklar boʻyicha doktorantlarni Toshkent davlat agrar universitetidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.

12. 2017 — 2021-yillarda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

Jamgʻarmaning 2017-yilning ikkinchi yarim yillik daromadlari va xarajatlarining 2017-yilgi Dastur parametrlari bilan oʻzaro bogʻlangan balansini ikki hafta muddatda tasdiqlash uchun Jamgʻarma kengashiga kiritsin;

bir oy muddatda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin hamda uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

19. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish doirasida suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli “Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonalari, “Oʻzagrosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati esa — bosh loyihalashtirish tashkiloti hisoblanadi.

(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

20. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarini oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnikasi, mebel va anjomlar bilan jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklansin.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqsin.

(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:

(22-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda taʼlim muassasalari obyektlarining texnik topshiriqlari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda mavjud maydonlardan optimal foydalanishni, har bir mintaqaning iqlim shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, zamonaviy resurslar va energiya tejaydigan texnologiyalarni qoʻllashni, shu jumladan asosan mahalliy qurilish materiallari va butlovchi buyumlardan foydalanishni nazarda tutsin;

buyurtmachi va bosh loyihalashtirish tashkiloti bilan birgalikda joriy yilda qurilishi nazarda tutilgan taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha 2017-yilning 1-sentabrigacha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va tanlov savdolari oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek, har yili 1-dekabrgacha kelgusi yilning manzilli dasturiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va bosh pudrat tashkilotlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazilishini taʼminlasin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining oʻz vaqtida davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.

24. Dastur doirasida olib kiriladigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idishlar, biologik materiallar va obyektlar) hamda axborot-kommunikatsiya texnikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarorining 14-bandida belgilangan imtiyozlar tatbiq etilsin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi respublika budjeti xarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.

26. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan respublika qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun 9-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh tashkil etilsin.

Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev):

bir oy muddatda Chora-tadbirlar kompleksining har bandini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ni tasdiqlasin, shuningdek, qabul qilingan Chora-tadbirlar kompleksining hamda “yoʻl xaritalari”ning sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda har chorak yakunlari boʻyicha ularning bajarilishi natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritsin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

28. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 24-may,

PQ-3003-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 1-ILOVA

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining muvofiqlashtiruvchi kengashi

Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 3-ILOVA

qishloq va suv xoʻjaligi sohasida muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 4-ILOVA

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadigan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va mutaxassisliklari

* Har yilgi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, shuningdek, Respublika taʼlim muassasalariga qabul boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 4a-ILOVA

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va mutaxassisliklari

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 6-ILOVA

Oliy malakali qishloq xoʻjaligi kadrlari yetishmaydigan hududlar uchun qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga davlat granti hisobiga maqsadli qabul qilish

* Izoh: Ushbu kvotalar parametrlarida qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim muassasalarining filiallari hisobga olinmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 7-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash

Izoh. Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasi va tanlov savdolari oʻtkazilishi natijalari boʻyicha, shuningdek, mablagʻlarni amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga 9-ILOVA

Respublika qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi guruh

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksional majburiyatlarni bajarish yuklatilgan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.