PF-5074-son Farmon · 07.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-3932-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5074
  • Qabul qilingan sana:07.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:13.06.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-3932-sonli Farmoni:

a) 2-bandining toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jamgʻarmaning ajratib berilgan moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli, aniq va samarali foydalanilishi ustidan doimiy asosda monitoringni amalga oshirib borish”;

b) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “2008 — 2017-yillar” soʻzlari “2008 — 2022-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 7-iyun,

PF-5074-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.