PF-5081-son Farmon · 07.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5081
  • Qabul qilingan sana:07.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:19.06.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 24

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-2929-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 7-iyun,

PF-5081-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PF–5081-sonli FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-4974-sonli Farmoni:

a) 2-ilovasidagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” blokidagi “nazorat qilish” soʻzlari “fuqarolar huquqlarini himoya qilish, nazorat qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tuzilmalar, shuningdek, uning vakolatlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi maslahat va kengash organlari roʻyxati (3-ilova) quyidagi mazmundagi 1-1- va 1-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-martdagi PQ-2820-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi.

Xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy- maʼrifiy yodgorlik majmuasi Vasiylik kengashining samarali faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.