Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ulushini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2340-sonli qarorining 1-ilovasi 1-boʻlimining 26-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
PQ-3064-son