PQ-3075-son Qaror · 20.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3075
  • Qabul qilingan sana:20.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:27.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF–5024-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ–2915-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ–2699-sonli qarorining 37-ilovasidagi 13-, 15- va 21-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-iyun,

PQ-3075-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.