PF-5157-son Farmon · 16.08.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi “Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2815-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5157
  • Qabul qilingan sana:16.08.2017
  • Kuchga kirgan sana:21.08.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi “Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2815-son Farmonining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-avgust,

PF-5157-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.