F-5026-son Farmoyish · 21.08.2017

Bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suzish Federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va anjomlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-5026
  • Qabul qilingan sana:21.08.2017
  • Kuchga kirgan sana:28.08.2017
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-son qaroriga muvofiq, shuningdek, 2017-yil 8 — 16-sentabr kunlari Toshkent shahrida yosh guruhlari oʻrtasida sportning suv turlari boʻyicha IX Osiyo chempionatini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida:

1. Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari va anjomlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, ilovada koʻrsatilgan sport uskunalari va anjomlari respublikada ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisidagi xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur farmoyishga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan sport uskunalari va anjomlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

Belgilansinki, mazkur farmoyishga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan sport uskunalari va anjomlaridan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari taqdim etilishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻlanmagan bojxona toʻlovi summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.

3. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.J. Qurbonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 21-avgust,

F-5026-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi F-5026-son farmoyishigaILOVA

Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari va anjomlari

* TIF TN boʻyicha tovarlarning yakuniy kodlari bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.