Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilash orqali agrotexnika ishlarini oʻz vaqtida va sifatli olib borish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish darajasini oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent viloyati hokimligi va “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda ushbu viloyatdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi parki oʻrganilib chiqildi, uning natijalari boʻyicha yangi qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan ehtiyoj va ularni moliyalashtirish manbalari belgilab olindi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan:
2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyichirchiq va Chinoz tumanlarining fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyichirchiq va Chinoz tumanlarining fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish prognoz parametrlari 2 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qishloq xoʻjaligi korxonalarining shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Jamgʻarma “Oʻzagrolizing” AJ orqali, yiliga 2 foizdan yuqori boʻlmagan foiz stavkasi bilan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berilishini moliyalashtirish uchun mazkur qarorning 1 — 7-ilovalariga muvofiq belgilangan tartibda 2017-yilning 1-dekabrigacha — 2017-yilda yetkazib berilishi nazarda tutilgan texnika boʻyicha; 2018-yilning 1-dekabrigacha — 2018-yilda yetkazib berilishi nazarda tutilgan texnika boʻyicha 2019-yilning 1-dekabrigacha — 2019-yilda yetkazib berish nazarda tutilgan texnika boʻyicha zarur miqdorda mablagʻlar ajratilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
4. Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ joriy yilda mazkur qarorning 1 — 7-ilovalariga muvofiq lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish boʻyicha lizing shartnomalari tuzilishini tegishli ravishda 2017-yilning 15-sentabrigacha boʻlgan muddatda yakunlasin, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan avans toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasin.
“Oʻzagrosanoatxolding” AJ Toshkent viloyatining lizing oluvchilari bilan shartnomalar tuzishda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan lizing loyihalarini moliyalashtirishda quyidagi lizing muddatlarini nazarda tutsin:
fermer xoʻjaliklari uchun — 12 yil;
“Toshkent Agroservis MTP” MCHJ uchun — 10 yilgacha.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari lizing obyekti narxining 20 foizidan kam boʻlmagan avans toʻlovi amalda toʻlangan lizing shartnomasi mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.
5. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
mazkur qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi rais U.U. Rozuqulov, Bosh vazir oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-avgust,
PQ-3228-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyichirchiq va Chinoz tumanlarining fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib toʻlash
*Izoh: viloyatning boshqa tumanlariga texnika yetkazib toʻlash joriy yilning shartnoma kampaniyasi doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 2-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyichirchiq va Chinoz tumanlarining fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish
*Izoh: texnika qiymati joriy narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 3-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Oqqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish
*Izoh: texnika qiymati joriy narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 4-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Bekobod tumani fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish
*Izoh: texnika qiymati joriy narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 5-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Boʻka tumani fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish
*Izoh: texnika qiymati joriy narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 6-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Quyichirchiq tumani fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish
*Izoh: texnika qiymati joriy narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3228-son qaroriga 7-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Chinoz tumani fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish
*Izoh: texnika qiymati joriy narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.