PQ-3230-son Qaror · 21.08.2017

2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini oʻz muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3230
  • Qabul qilingan sana:21.08.2017
  • Kuchga kirgan sana:04.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 35

Aholini erta bahorda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla qondirish, bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash uchun 2017-yil avgust-sentabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari hamda noyabr-dekabr oylarida sabzavot ekinlarining eksportbop va yuqori hosilli navlarini toʻqsonbosti usulida qisqa muddatlarda ekish, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish, ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1a — 1l-ilovalarga* muvofiq;

*1a — 1l-ilovalar berilmaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari hajmlari hisob-kitobi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

2. 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish, yetishtirish, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinda — Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika komissiyasi (Mirzayev) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda:

2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlarni shudgorlash, ekishga yer tayyorlash, ochiq maydonlar va bogʻ-tok qator oralariga ekish ishlarini tizimli tashkil etishni;

avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlarini erta bahorda oziqlantirish, sugʻorish, parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarning optimal muddatlarda bajarilishini nazorat qilish va monitoring yuritishni;

talab etiladigan yonilgʻi-moylash mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar va boshqa moddiy resurslarni oʻz vaqtida yetkazib berilishini, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotishni, qilingan xarajatlarni qoplash ishlarini muvofiqlashtirib borishi;

avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlaridan olinadigan mahsulotlarga fermer xoʻjaliklari bilan eksport qiluvchi va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini, oldindan avans toʻlovlari va yakuniy toʻlovlarni amalga oshirilishini;

erta bahorda yetishtirilgan mahsulotlarni 2018-yilning mart oyidan boshlab ichki bozorlar va Toshkent shahar yarmarkalariga yetkazib berish boʻyicha reja-jadvallarni ishlab chiqish hamda ularni bajarilishini nazorat qilishni;

har oyda ikki marta avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni sifatli qilib ekish, yetishtirish, ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tanqidiy muhokama qilib borishni taʼminlasin.

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vazirliklar va idoralardan hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan ishchi guruh tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:

a) joriy yilning 25-avgustiga qadar hududlarning tuproq-iqlim, suv taʼminoti sharoitlarini inobatga olgan holda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekin turlarini fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida joylashtirilishini tuman hokimi qarori bilan tasdiqlash;

b) ekinlardan boʻshagan maydonlarni tozalash va yer tayyorlashni tashkil qilish, ekin turlarini fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida joylashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida;

v) avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlar toʻqsonbosti ekinlarni ekish va parvarishlash ishlarini moddiy-texnika resurslari, shu jumladan urugʻlik, mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etish:

2017-yil 25-avgustgacha fermer va dehqon xoʻjaliklariga yuqori sifatli urugʻliklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan toʻlash sharti bilan yetkazib berilishini taʼminlash;

2017-yil 10-sentabrgacha fermer xoʻjaliklari bilan Toshkent shahar yarmarkalari, tayyorlov va eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans mablagʻlarini toʻlab berish choralarini koʻrish vazifalari yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2017-yilning 10-sentabriga qadar fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan ulgurji xaridorlar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzilishini yakunlash va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan ulgurji xaridorlar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan tizimli nazorat olib borsin.

7. Avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni toʻliq hajmlarda ekilishi, koʻzlangan hosilni olinishi, yetishtirilgan mahsulotni belgilangan maqsadlarga ishlatilishiga Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.

8. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari uchun respublikada yetishmaydigan urugʻliklarni xorijdan olib kelish va belgilangan tartibda joylarga yetkazib berilishini taʼminlasin.

9. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga oʻn kun muddatda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish uchun talab etiladigan yonilgʻi-moylash mahsulotlari va mineral oʻgʻitlarni davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazib beriladigan narxlarda yetkazib berish vazifasi yuklansin.

Ekinlarni ekish va ularni parvarishlash uchun yonilgʻi-moylash mahsulotlari respublikada shakllangan narxlarga 10 foizgacha ustama qoʻyilishi orqali taʼminlab berilishiga rozilik berilsin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish va uning agrotexnikasini amalga oshirish uchun talab etiladigan kreditlarni mahsulot yetishtiruvchi va xarid qiluvchi tashkilotlarga bir oy muddatda ajratilishini tashkil etsinlar.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joriy yilning 25-avgustigacha avgust piyozi va sarimsoqpiyoz, 10-noyabrgacha toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish hamda agrotexnikasi boʻyicha koʻrgazmali — amaliy oʻquv-seminari oʻtkazishni;

bir oy muddatda respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ochiq maydonlarga, bogʻ va tok qator oralariga avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari navlari boʻyicha joylashtirish, ekish va parvarishlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqsin va ularni joylarga yetkazilishini tashkil etsin.

12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish boʻyicha ilgʻor tajribalar va uning iqtisodiy samarasi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.

13. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish ishlarini doimiy monitoringini yuritgan holda, toʻliq ekilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin hamda 2017-yil 25-dekabriga qadar fermer va dehqon xoʻjaliklari kesimida instrumental oʻlchovdan oʻtkazsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 21-avgust,

PQ-3230-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga1-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga 3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz, toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlar hajmlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga4-ILOVA

2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish, yetishtirish, yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3230-son qaroriga5-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz xamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vazirliklar va idoralardan hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan Ishchi guruh

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.