PQ-3239-son Qaror · 23.08.2017

“Oʻzsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3239
  • Qabul qilingan sana:23.08.2017
  • Kuchga kirgan sana:11.09.2017
  • Holati:Amalda

(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

[Koʻchirma]

Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, xom ashyo bazani rivojlantirish, uzumning texnik navlarini tayyorlash va qayta ishlash, ishlab chiqishni kengaytirish va samaradorligini oshirish, yuqori sifatli va raqobatdosh isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va vino mahsulotlarini saqlash, sotish va eksportini oshirish, avvalambor tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ va “Oʻzspirtsanoat” AKning “Oʻzspirtsanoat” AKni “Oʻzvinosanoat-xolding” AJga qoʻshish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar “Oʻzsharobsanoat” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

birinchi, tashqi va ichki bozorlar boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aksiyadorlik jamiyatiga kiruvchi korxonalarga ishlab chiqarishni oshirish va yangi turdagi raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni oʻzlashtirishiga hamda tashqi bozorlarga olib chiqishiga koʻmaklashish;

ikkinchi, isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xom ashyo bazasini rivojlantirish boʻyicha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

uchinchi, isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va vino mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashda yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish;

toʻrtinchi, isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, eng avvalo tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;

beshinchi, isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida tarmoq tashkilotlari texnologik sifatining shartlari va kriteriyalariga rioya etilishini davlat standartlari talablariga muvofiq nazorat qilishini taʼminlash;

oltinchi, isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik sohasida xom ashyoni qayta ishlash, tayyorlash va xom ashyoni saqlash boʻyicha ishlab chiqarish va tutash infratuzilmani takomillashtirish;

yettinchi, isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni amalga oshirish;

sakkizinchi, uzumchilik sohasida ilgʻor agrotexnologiya, agrotexnika, seleksiya yutuqlari va texnik modernizatsiya qilishni keng tatbiq etish maqsadida yetakchi ilmiy-texnik institutlari, ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish, uzumchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

“Oʻzsharobsanoat” AJ” boshqaruvi raisi O.S. Mustafoyev zimmasiga ““Oʻzsharobsanoat” AJ”ga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari sifatli xamda toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

3. Quyidagilar:

“Oʻzsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 74 nafardan iborat tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi 1-* va 2-ilovalarga* muvofiq;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

isteʼmol etil spirti, alkogol, liker-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

4. Belgilansinki, mazkur qarorning bajarilishi doirasida “Oʻzspirtsanoat” AK va “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ oʻrtasida begʻaraz topshirilayotgan mulk qoʻshilgan qiymat soligʻi obyekti va yuridik shaxslarning foyda soligʻi hisoblanmaydi.

5. Belgilansinki, bugʻdoy urugʻidan isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish faqatgina 4-ilovada koʻrsatilgan “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

7. 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

*1 va 2-ilovalar rus tili matnida berilgan.

“Oʻzsharobsanoat” AJ” (O.S. Mustafoyev), vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari — masʼul ijrochilar zimmasiga Dastur chora-tadbirlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)

8. “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ boshqaruvi raisi Sh.N. Raximov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 23-avgust,

PQ-3239-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3239-son qaroriga 3-ILOVA

Isteʼmol etil Spirti, alkogol, likyor-aroq va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3239-son qaroriga4-ILOVA

Bugʻdoydan isteʼmol etil Spirti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3239-son qaroriga5-ILOVA

2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari

2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga 1-ILOVA

2017 — 2021-yillar davrida “Oʻzsharobsanoat” AJ kompaniyasining tokzorlarida uzumning texnik navlari va yalpi hosili koʻpayishining

2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga 2-ILOVA

2017 — 2021-yillar davrida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning maqsadli

2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga 3-ILOVA

2017 — 2021-yillar “Oʻzsharobsanoat” AJ tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashning ustuvor hamda istiqbolli investitsiya loyihalari

(ekv. mln dollar) T/r Tashabbuskorlar va loyihalarning nomlanishi Loyiha quvvati Amalga oshirish muddatlari Loyihaning umumiy qiymati shu jumladan: Ish oʻrinlari oʻz mablagʻlari hisobiga bank kreditlari hisobiga Jami (59 loyiha) 189,4 66,5 122,8 1 680 shu jumladan: Qurilish (44 loyiha): 175,9 60,5 115,4 1 545 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish (15 loyiha): 12,3 4,8 7,4 105 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 13,8 4,6 9,3 100 Qurilish 12,6 3,3 9,3 70 1. “Ellikqalʼa sharobi” MCHJda pivo ishlab chiqarish va shishalarga quyishni tashkil etish”, Ellikqaʼla tumani 130 ming litr 2017-2018-yillar 0,8 0,1 0,7 15 2. “Qoraqalpoqshishaidish” MCHJda shisha idish ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlarni yaratish, Xoʻjayli tumani sutkasiga 120 tonna shisha massasi 2018 — 2020-yillar 10,7 2,7 8,0 50 1 3. “Nukus vinozavodi” AJda quvvatlarni soatiga 6 mingta shisha idishgacha koʻpaytirgan holda suvenir sexi qurilishi va idishlarga quyuvchi zamonaviy suvenir liniyasini joriy etish, Nukus shahr soatiga 6 mingta shisha idish 2017-2018-yillar 1,1 0,5 0,6 5 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 1,3 1,3 0,0 30 4. ““Elliqalʼa sharobi” MCHJda pivo va salqin ichimliklar ishlab chiqarish va shishalarga quyishni kengaytirish, Elliqalʼa tumani 1000 tonna 2018 — 2019-yillar 1,3 1,3 30 Andijon viloyati 24,7 4,0 20,7 70 Qurilish 24,7 4,0 20,7 70 5. “Toshkentvino” kombinat AJning meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish boʻyicha kompleksini tashkil etish, Xoʻjaobod tumani 10 ming tonna 2017 g. 24,0 4,0 20,0 70 6. Qoʻshimcha razgon kolonnasini tatbiq etgan holda “Andijonbiokimyo” AJda spirt ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, Andijon shahri 1870 dal 2017-2018-yillar 0,7 0,03 0,7 0 Buxoro viloyati 4,3 0,8 3,5 35 Qurilish 3,7 0,7 3,0 25 7. Dubdan yasalgan katta hajmdagi idishlarni tatbiq etgan holda vino-konyak kompleksi qurilishi, “Shoxrud” AJda zavod muzeyini tashkil etish, Buxoro shahri 15 ming dal 2017 — 2019-yillar 3,7 0,7 3,0 25 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 0,6 0,1 0,5 10 8. “Gala River” MCHJ QKda uzumni birlamchi qayta ishlashni modernizatsiya qilish, Buxoro tumani 4 ming tonna 2017-2018-yillar 0,6 0,1 0,5 10 Jizzax viloyati 15,0 4,0 11,0 80 Qurilish 15,0 4,0 11,0 80 9. “Toshkentvino” kombinat AJda oʻzining xom ashyo bazasini yaratgan holda uzumni birlamchi qayta ishlashni tashkil etish, Zomin tumani 5 ming tonna 2018-2019-yillar 5,0 1,0 4,0 30 10. “Toshkentvino” kombinat AJda pivo pishirish zavodi qurilishi, Zomin tumani 30 ming tonna pivo 2017-2018-yillar 10,0 3,0 7,0 50 Qashqadaryo viloyati 1,9 0,6 1,3 48 Qurilish 1,9 0,6 U 48 11. “OriginalGolden Garden” MCHJda uzumni birlamchi qayta ishlash korxonasini tashkil etish, Yakkabogʻ tumani 4 ming tonna 2017-2018-yillar 1,6 0,6 1,0 28 12. “Agromir Kitob” MCHJda uzumni birlamchi qayta ishlash (shinni) korxonasini modernizatsiya qilish, Kitob tumani 4,5 ming tonna 2018-yil 0,2 0,2 15 13. Qaynar f/hda uzumni birlamchi qayta ishlash (shinni) korxonasini barpo etish, Kitob tumani 500 tonna 2017 g. 0,1 0,1 5 Namangan viloyati 3,9 1,2 2,7 55 Qurilish 3,6 0,9 2,7 50 14. “Namanganvino” AJda meva va uzum sharbatlari ishlab chiqarishni tashkil etish, Namangan tumani 3,5 ming tonna 2018-2019-yillar 2,5 0,5 2,0 20 15. “Kapital agroimpeks” MCHJda oʻzining xom ashyo bazasini yaratgan holda uzumni birlamchi qayta ishlash korxonasini tashkil etish, Kosonsoy tumani 210 ming dal. 2017-2018-yillar 1,1 0,4 0,7 30 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 0,3 0,3 0,0 5 16. “Namanganvino” AJda uzumni birlamchi qayta ishlash boʻyicha zamonaviy uskunalarni tatbiq etgan holda zavodning vino punktini modernizatsiya qilish, Namangan shahri 2,0 ming tonna 2017-2018-yillar 0,3 0,3 5 Samarqand viloyati 7,7 1,8 5,9 140 Qurilish 4,1 0,9 3,2 110 17. “Bulungʻur-1” MCHJda konyakni shishalarga quyish liniyasini joriy etish, Bulungʻur tumani 10 ming dal 2017-2018-yillar 0,2 0,1 0,2 5 18. “Bulungʻur meva eksport” MCHJda qadoqlash materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish, Bulungʻur tumani 550 ming dona 2018-yil 0,5 0,1 0,5 25 19. “Bulungur meva eksport” MCHJda soʻrilar ishlab chiqarishni tashkil etish, Bulungʻur tumani 25 ming dona 2017-yil 0,2 0,1 0,2 5 20. “Bulungʻur meva eksport” MCHJda meva sabzavot mahsulotlari qoqisi va mayiz ishlab chiqarishni tashkil etish, Bulungʻur tumani 600 tonna 2017-2018-yillar 1,0 0,2 0,9 35 21. “Urgut zamin sohibkori” MCHJda meva va uzumni qayta ishlash korxonasini barpo etish, Urgut tumani 3000 tonna 2017-2018-yillar 0,7 0,2 0,5 15 22. “Samarqand akvalayn” MCHJda konyak distillyati ishlab chiqarishni tashkil etish, Jomboy tumani 30 ming dal 2018-yil 0,8 0,2 0,6 10 23. “Samarqand akvalayn” MCHJda vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish va shishalarga quyishni tashkil etish, Jomboy tumani soatiga 9000 shisha idish 2019-yil 0,7 0,2 0,5 15 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 3,6 0,9 2,7 30 24. “Bulungur-1” MCHJda uzumni birlamchi qayta ishlashni modernizatsiya qilish, Bulungʻur tumani 3,0 ming tonna 2018-2019-yillar 1,2 0,3 0,9 5 25. “Jomboy sharob” MCHJga qarashli “Bulungur” vino punktida uzumni qayta ishlashni modernizatsiya qilish, Bulungʻur tumani 3,0 ming tonna 2018-2019-yillar 1,2 0,3 0,9 5 26. “Samarqand akvalayn” MCHJda uzumni qayta ishlashni modernizatsiya qilish, Jomboy tumani 3000 tonna 2018-yil 1,2 0,3 0,9 20 Sirdaryo viloyati 0,8 0,3 0,5 23 Qurilish 0,6 0,1 0,5 18 27. “Mirzaobod Uzumzor Anorzorlari” MCHJda mevalarni qayta ishlovchi quvvatlarni yaratish, Mirzaobod tumani 1,0 ming tonna 2018-yil 0,6 0,1 0,5 18 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 0,2 0,2 5 28. “Sirdaryovino” AJda uzumni birlamchi qayta ishlashni modernizatsiya qilish, Sirdaryo tumani 2,0 ming tonna 2017-2018-yillar 0,2 0,2 5 Surxondaryo viloyati 4,4 M 3,1 81 Qurilish 2,4 0,7 1,7 55 29. “SAVB” MCHJda pivo ishlab chiqarishni tashkil etish, Denov tumani 30 ming dal 2017-2018-yillar 2,2 0,5 1,7 50 30. “Qorasuv meva sabzavotlari” MCHJda meva va sabzavotlarni saqlovchi sovutish kameralarini tashkil etish, Uzun tumani 300 tonna 2017-2018-yil 0,2 0,2 5 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 2,0 0,6 1,4 26 31. “SAVB” MCHJda uzumni birlamchi qayta ishlashni modernizatsiya qilish, Denov tumani 2 ming tonna 2017-2018-yillar 1,6 0,5 1,1 6 32. “SAVB” MCHJda vinoni shishalarga quyish liniyasini modernizatsiya qilish, Denov tumani 50 ming dal 2018-yil 0,4 0,1 0,3 20 1 Toshkent viloyati 5,6 1,9 3,7 60 Qurilish 4,9 1,2 3,7 55 33. “Urganch sharob” AJning Parkent filialida uzumni birlamchi qayta ishlash quvvatlarini yaratish, Parkent tumani 3,0 ming tonna 2017-2018-yillar 2,0 0,3 1,7 10 34. “Parkentvino” MCHJda zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda uzumni birlamchi qayta ishlash quvvatlarini yaratish, Parkent tumani 2,0 ming tonna 2018-yil 0,9 0,4 0,5 15 35. “Biokimyo” AJda viski distillyatini ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, Yangiyoʻl tumani 100 ming dal 2020-2021-yillar 2,0 0,5 1,5 30 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 0,7 0,7 0,0 5 36. “Beautyglass decor” MCHJda shisha idishlarni bezaydigan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, Yuqorichirchiq tumani 12 mln shartli birlik 2018-2019-yillar 0,7 0,7 5 Fargʻona viloyati 15,8 2,6 13,2 160 Qurilish 15,6 2,6 13,0 152 37. “Qoʻqonspirt” AJda quruq bugʻdoy kleykovinasi (glyuten) ishlab chiqarishni tashkil etish, Qoʻqon shahri 8 ming tonna 2017-2018-yillar 13,3 1,7 11,7 120 38. “Mastona Osiyo hamkor” MCHJda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun zamonaviy sovutish omborxonalarini qurish, Fargʻona tumani 1000 tonna 2018-yil 0,6 0,1 0,5 6 39. “Mastona Osiyo hamkor” MCHJda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish, Fargʻona tumani 750 tonna 2018-yil 1,0 0,9 0,2 17 40. “Mindonobod agrosanoat” MCHJda un ishlab chiqarishni tashkil etish, Fargʻona tumani sutkasiga 90 tonna 2017 g. 0,6 0,6 5 41. “Gofra boks” MCHJda burmali kartondan tara ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy liniyani tatbiq etish, Qoʻqon shahri 1400 ming dona 2017 g. 0,2 0,2 4 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 0,3 0,1 0,2 8 42. “Mastona” AJda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sexining katta hajmli idishlar va texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish, Fargʻona tumani 200 ming dal 2017-2018-yillar 0,3 0,1 0,2 8 Xorazm viloyati 0,4 0,2 0,2 10 Qurilish 0,4 0,2 0,2 10 43. “Xorazm uzum tayyorlov savdo” MCHJda uzumni birlamchi qayta ishlashni tashkillashtirish, Bogʻot tumani 2,0 ming tonna 2018-yil 0,4 0,2 0,2 10 Toshkent shahri 91,3 43,4 47,8 818 Qurilish 86,5 41,3 45,3 802 44. “Asl oyna” AJda shisha tara va shisha idishlar ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarni kengaytirish, Sergeli tumani 420 tonna shisha massasi 2018 — 2020-yillar 50,0 25,0 25,0 500 45. “Asl oyna” AJ negizida salqin ichimliklar ishlab chiqarish va idishlarga quyishni tashkil etish, Sergeli tumani 10 mln but. 2018 — 2020-yillar 5,0 2,5 2,5 60 46. “Asl oyna” AJ negizida pivo ishlab chiqarish boʻyicha zavod qurilishi, Sergeli tumani 3000 tonna 2018 — 2020-yillar 10,0 5,0 5,0 60 47. “Asl oyna” AJ negizida likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, Sergeli tumani 420 ming dal 2019 — 2021-yillar 3,0 1,5 1,5 60 48. “Asl oyna” AJ negizida konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, Sergeli tumani 12 mln banka 2019 — 2021-yillar 10,0 5,0 5,0 60 49. “Asl oyna” AJ negizida SKO va Tvist Off metall qopqoqchalar ishlab chiqarishni tashkil etish, Sergeli tumani 16,6 mln dona 2018-2019-yillar 1,8 0,9 0,9 20 50. “Oʻzbekiston shampani” AJ negizida uzumni birlamchi qayta ishlash punktini tashkil etish, Qibray tumani 3 ming tonna 2018-2019-yillar 1,4 0,4 1,0 12 51. “Oʻzbekiston shampani” AJda shampan vinolarini klassik usulda ishlab chiqarish boʻyicha texnologik uskunalarni tatbiq etish, Toshkent shahri soatiga 500 but 2019 g. 0,1 0,1 2 52. “Oʻzbekiston shampani” AJ vino quyish liniyasini tatbiq etish, Toshkent shahri soatiga 3000 but 2018-2019-yillar 0,4 0,4 5 53. “Oʻzbekiston shampani” AJda konyak spirti ishlab chiqarish boʻyicha davriy disstilyatsiya qurilmasini oʻrnatish, Toshkent shahri sutkasiga 300 dal a/a 2019 g. 2,4 0,4 2,0 5 54. “Oʻzbekiston shampani” AJda mavsumda 600 tonna uzum va kuniga 50 tonna olmani qabul qilish va qayta ishlash, meva sharbatlari/kon-sentratlari ishlab chiqarish va meva sharbatlari/ konsentratlarini sovuq holda saqlash boʻyicha kompleks texnologik uskunalarini joriy etish, Toshkent viloyati mavsumda 600 tonna uzum, 1000 tonna olma 2020 g. 2,1 0,5 1,6 10 55. “Oʻzbekiston shampani” AJda gazlangan va boshqa ichimliklar tayyorlash va idishlarga quyish boʻyicha ishlab chiqarish liniyalarini doriy etish, Toshkent shahri 5 mln shartli banka 2017 — 2019-yillar 0,4 0,1 0,3 8 Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 4,7 2,1 2,6 16 56. “Oʻzbekiston sha?pani” AJda biokimyo sexini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, Toshkent shahri 375 ming dal (5 mln dona) 2017-2018-yillar 1,4 0,02 1,38 3 57. “Oʻzbekiston shampani” AJda likyor-aroq ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirish, Toshkent shahri 350 ming dal (soatiga 6 ming but) 2017 g. 0,6 0,0 0,6 3 58. “Elsun sharob” MCHJda likyor-aroq ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda kengaytirish, Yunusobod tumani 350 ming dal (soatiga 6 ming but) 2017 g. 0,6 0,0 0,6 5 59. “Bektemir spirt eksperimental zavodi” AJda spirt ishlab chiqaruvchi 2-navbatni modernizatsiya qilish, Bektemir tumani 915 ming dal 2017 g. 2,1 2,1 5

2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga 4-ILOVA

2017 — 2020-yillar davrida “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylari bilan almashtirib yangilashning

2017 — 2021-yillarga moʻljallangan sanoat uzumchiligi va vinochiligini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga 5-ILOVA

2017 — 2021-yillar davrida “Oʻzsharobsanoat” AJ boʻyicha eksportga mahsulot yetkazib berishning

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.