PQ-3281-son Qaror · 15.09.2017

2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3281
  • Qabul qilingan sana:15.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:25.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3281/0002

[Koʻchirma]

Qayd etib oʻtilsinki, keyingi yillarda respublikada tumanlarning ixtisoslashuvini, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlari va suv bilan taʼminlanganligini hamda boshqa omillarni eʼtiborga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.

Shu bilan birga, sabzavot, poliz ekinlari, moyli ekinlar, ozuqa ekinlari, dukkakli ekinlar, kartoshka, intensiv bogʻlar va tokzorlarni joylashtirishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Ularni noratsional joylashtirish natijasida yer va suv resurslaridan, eksport salohiyatidan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻstirish surʼatlarini oshirish taʼminlanmayapti.

Ekinlarni joylashtirishning tarkib topgan tizimi sohaga nisbatan qoʻyilayotgan zamonaviy talablarga mos kelmaydi, fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin ekiladigan yerlardan maqsadga nomuvofiq foydalanish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda, fermer xoʻjaliklarining yetishtirilgan mahsulotni sotish hisobi yuritilmayapti, sotilgan mahsulot tushumini xizmat koʻrsatuvchi banklarga topshirishni taʼminlash nazorat qilinmayapti, yetishtirilgan mahsulotni sotishdan olingan daromadlarni yashirish faktlari mavjudki, bu hol Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga soliqlarning toʻlanmasligiga olib kelmoqda.

2018-yilda respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash, ichki bozorni barqaror boyitish, qayta ishlovchi korxonalarga va eksportga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini parvarish qilish va yetishtirish boʻyicha jamiki ishlar kompleksini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish maqsadida:

1. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining, tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlarining, tijorat banklarining hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish sohasidagi ustuvor vazifalari deb hisoblansin:

(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

birinchidan, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, tuproq unumdorligini, suv bilan taʼminlanganligini, tumanlarning ixtisoslashuvi, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini hamda boshqa omillarni puxta tahlil etishni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini, xususan sabzavot-poliz ekinlari, moyli ekinlar, dukkakli ekinlar, ozuqa ekinlari, kartoshka, bogʻlar va tokzorlarni oqilona joylashtirish boʻyicha samarali takliflar tayyorlash;

ikkinchidan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini fermer xoʻjaliklari va ekin maydonlarining konturlari boʻyicha joylashtirish tizimini joriy etish, bunday tizim qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning toʻliq siklini, shu jumladan fermer xoʻjaliklari bilan xarid qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini, moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishini, moliyalashtirish taʼminlanishini, agrotexnika tadbirlari oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini, hosil yigʻib- terib olinishini, yetishtirilgan mahsulotning qatʼiy ravishda xizmat koʻrsatuvchi bank orqali sotilishini nazarda tutadi;

uchinchidan, qishloq xoʻjaligi ekinlari fermer xoʻjaliklari hamda ekin maydonlari konturlari boʻyicha joylashtirilishining samarali hisobini ishlab chiqish va yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻz vaqtida va sifatli ekish, agrotexnika tadbirlarini bajarish, hosilni yigʻib-terib olish, mahsulotni xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali sotish chora-tadbirlarini monitoring qilish;

toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligi ekinlarining serhosil va tezpishar navlarini tanlashda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish, ularni moddiy-texnika resurslari bilan oʻz vaqtida taʼminlash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilishdan fermer xoʻjaliklarining manfaatdorligini oshirish uchun ularga qulay sharoitlar yaratish.

2. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning toʻliq siklini, shu jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilishning zamonaviy va resurslarni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish;

fermer xoʻjaliklari va tumanlarning ixtisoslashuvini hisobga olib, shuningdek, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlaridan, tuproqning meliorativ holatidan, yerlarning unumdorligidan, ularning bal-bonitetidan, suv bilan taʼminlanganligidan, hosildorligi tahlilidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish;

fermer xoʻjaliklari bilan xarid qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuzish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, moliyalashtirishni taʼminlash, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish;

fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulot sotilishi monitoringini yuritish va hisobga olish, mahsulotni sotishdan olingan tushumning xizmat koʻrsatuvchi banklarga topshirilishini taʼminlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilishini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik, fermer xoʻjaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan oʻz vaqtida taʼminlamaganlik uchun qattiq javobgarlik choralarini koʻrish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlash hamda boshqa tadbirlarni nazarda tutuvchi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

4. Quyidagilar:

fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida 2018-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida 2018-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining gʻallakor xoʻjaliklar bilan “Oʻzdonmahsulot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

2018-yil hosili uchun gʻalla ekiladigan maydonlar hamda tezpishar va serhosil boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi 2-ilovaga muvofiq;

“Oʻzdonmahsulot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2018-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash hajmlari toʻgʻrisidagi taklifi 2a-ilovaga muvofiq;

Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallari, ilmiy-tajriba stansiyalari tomonidan boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va 2018-yil hosilidan superelita urugʻlarini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifi 2b-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyat va tumanlarning hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, “Oʻzdonmahsulot” AJ raisi S.O. Haydarov zimmasiga:

(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

sifatli, kalibrlangan, dorilangan, sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urugʻlari hamda qishloq xoʻjaligi ekish texnikasini zarur hajmda bahorgi ekin-tikinga tayyorlash;

sugʻoriladigan yerlarda, asosan, birinchi va ikkinchi reproduksiyadagi urugʻlarni, lalmi yerlarda esa uchinchi reproduksiyadan past boʻlmagan urugʻlarni ekish;

boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirishning tasdiqlangan rejasiga don yetishtiruvchilarning soʻzsiz rioya etishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Tovarbop gʻallani, navlarga ajratilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urugʻlarni ekish, respublika hududida ekish tavsiya etilmagan navlarni joylashtirish, shuningdek, yetishtirish uchun noqulay boʻlgan yerlarda boshoqli don ekinlarini ekish taqiqlansin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan:

(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

2018-yil hosili uchun rayonlashtirilgan va istiqbolli gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha taklifi 3-ilovaga muvofiq;

belgilangan xarid narxlariga 2018-yilda tartibga soluvchi ragʻbatlantirish koeffitsiyenti joriy etiladigan gʻoʻzaning seleksiya navlari boʻyicha taklifi 3a-ilovaga muvofiq;

2018-yil hosili paxtasini yetishtirishning prognoz hajmlari boʻyicha taklifi 3b-ilovaga muvofiq;

2018-yil hosili uchun chigit ekish sxemalari boʻyicha taklifi 3v-ilovaga muvofiq;

urugʻlik paxtani tozalash va ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda chigit tayyorlash hajmlari boʻyicha taklifi 3g-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlarga safarlari davomida berilgan topshiriqlarida nazarda tutilgan unumsiz va hosildorligi past yerlarda gʻoʻza va boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlarni qisqartirish, ana shu yerlarda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, meva- sabzavotchilik va chorvachilikka oid loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflarni taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan viloyatlar hokimliklarining qoʻshma qarorlari asosida amalga oshirilmoqda, ushbu qarorlarda loyihalarning tashabbuskorlari, ularni amalga oshirish sanasi, investitsiyalarning hajmi, yaratilayotgan ish joylari hamda boshqa kafolatlar koʻrsatilgan holda intensiv bogʻ va tokzorlar, issiqxonalar, shuningdek chorvachilik komplekslari barpo etilishi nazarda tutiladi.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

10. 2018-yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasini xarid qilish hajmlari uning amalda ishlab chiqarilgan hajmiga nisbatan 50 foiz darajasida saqlab qolinsin.

11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, “Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyat va tumanlar hokimlari:

(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

bir tumanda tavsiya etilgan gʻoʻza navlarining koʻpi bilan ikkitasi, fermer xoʻjaliklarida esa bittadan koʻp boʻlmagan navi ekilishini hisobga olgan holda tasdiqlangan navlar joylashtirilishiga;

ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalarga muvofiq har bir seleksiya navi uchun gʻoʻza parvarishi agrotexnikasiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javobgar boʻladilar.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev:

(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va gʻoʻza parvarishining yangi ilgʻor agrotexnologiyalarini joriy etish hisobiga yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishi monitoring qilinishi;

gʻoʻza parvarishida agrotexnika tadbirlarining sifatli oʻtkazilishini, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlamayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, “Oʻzdonmahsulot” AJning 2017-yil hosilidan boshlab sholini xarid qilishga davlat buyurtmasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2017-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun sholi xarid qilish tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini kiritsin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

14. Quyidagilar:

2017-yilgi sholi hosilini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmlari 4-ilovaga muvofiq;

2018-yil hosili uchun sholi ekin maydonlarining maqsadli parametrlari 4a-ilovaga muvofiq;

“Oʻzdonmahsulot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2018-yilda yuqori sifatli sholi urugʻi tayyorlash hajmlari 4b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagi funksiyalar va javobgarlik:

fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan sholi hajmini hisobga olish ishonchliligini taʼminlash, ular tomonidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga;

(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

keyinchalik sanoat usulida qayta ishlash uchun sholi xarid qilish boʻyicha — “Oʻzdonmahsulot” AJning donni qayta ishlash tashkilotlari zimmasiga yuklatilsin.

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)

16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ:

boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan yerlarda yetishtirilgan sabzavot-poliz mahsulotlari, kartoshka va moyli ekinlarni davlat buyurtmasi uchun shartnomaviy bozor narxlarida xarid qilinishini, shuningdek ularni eksport qilishda dehqon va fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam koʻrsatishni;

mahsulot yetkazib berish boʻyicha fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini;

tuzilgan shartnomalarga muvofiq fermer xoʻjaliklariga boʻnak (avans) tarzida urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi- moylash materiallari yetkazib berilishini taʼminlaydilar.

17. Fermer xoʻjaliklarining takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish hisobiga ularning manfaatdorligi va daromadlarini taʼminlash maqsadida shu narsa qatʼiyan belgilab qoʻyilsinki:

kontraktatsiya shartnomalarida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan mahsulot fermer xoʻjaliklarining oʻz tasarrufida qoladi;

boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yerlarda takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlarini turlari boʻyicha ekishda, ularni parvarish qilishda, shuningdek, hosilni xarid qilish shartnomalarini tuzishda va xarid narxlarini belgilashda, birinchi navbatda, fermer xoʻjaliklarining moliyaviy barqarorligi va manfaatdorligini taʼminlash nazarda tutiladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzagroeksport” AJ, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taklif etilgan:

(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari 9-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari 9.1 — 9.13-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda 2019-yilda “toʻksonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini yetishtirish hajmlarining prognoz parametrlari 10-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekish uchun zarur urugliklar, mineral oʻgitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarining hajmlari 11-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

19. Takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlarini, “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish va yetishtirish uchun yoqilgʻi-moylash materiallarini respublikada shakllantirilgan narxlarning koʻpi bilan 10 foizi miqdoridagi ustama narx bilan yetkazib berishga ruxsat etilsin.

20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlari, avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyoz, shuningdek sabzavot ekinlari “toʻqsonbosdi” usuli bilan ekilishi, moʻljallangan hosil olinishi va yetishtirilgan mahsulot maqsadli yoʻnalishlar boʻyicha sotilishi uchun javobgarlik yuklansin.

21. 2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (I.B. Abdullayev) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, fermer xoʻjaliklari tomonidan ushbu qaror talablarining soʻzsiz bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, navlarni joylashtirishga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish boʻyicha agrotexnika tadbirlari oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratsin, zarur hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qatʼiy choralar, hatto jinoiy javobgarlik choralarini koʻrsin.

23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Bosh vazir oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 15-sentabr,

PQ-3281-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 1-ILOVA

Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida 2018-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 1a-ILOVA

Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida 2018-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 2-ILOVA

2018-yil hosili uchun gʻalla ekiladigan maydonlar hamda tezpishar va serhosil boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 2a-ILOVA

“Oʻzdonmahsulot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2018-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 2b-ILOVA

Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallari, ilmiy-tajriba stansiyalari tomonidan boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va 2018-yil hosilidan superelita urugʻlarini tayyorlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 3-ILOVA

2018-yil hosili uchun rayonlashtirilgan va istiqbolli gʻoʻza navlarini joylashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 3a-ILOVA

Belgilangan xarid narxlariga 2018-yilda tartibga soluvchi ragʻbatlantirish koeffitsiyenti joriy etiladigan gʻoʻzaning seleksiya navlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 3b-ilova

2018-yil hosili paxtasini yetishtirishning prognoz hajmlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 3v-ILOVA

2018-yil hosili uchun chigit ekish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 3g-ILOVA

Urugʻlik paxtani tozalash va ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda chigit tayyorlash hajmlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 4-ILOVA

2017-yilgi sholi hosilini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 4a-ILOVA

2018-yil hosili uchun sholi ekin maydonlarining maqsadli parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 4b-ILOVA

“Oʻzdonmahsulot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2018-yilda yuqori sifatli sholi urugʻi tayyorlash hajmlari

(5 — 5.13-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)

(6 — 6.13-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari(qishloq xoʻjaligi korxonalarida, shu jumladan ochiq yerlarda, bogʻ va uzumzorlar qator oralarida)

* — shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning ekin maydonlaridan tashqari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.1-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.2-ILOVA

Andijon viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.3-ILOVA

Buxoro viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.4-ILOVA

Jizzax viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.5-ILOVA

Qashqadaryo viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.6-ILOVA

Navoiy viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.7-ILOVA

Namangan viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.8-ILOVA

Samarqand viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.9-ILOVA

Surxondaryo viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.10-ILOVA

Sirdaryo viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.11-ILOVA

Toshkent viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.12-ILOVA

Fargʻona viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 9.13-ILOVA

Xorazm viloyati tumanlarida 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 10-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda 2019-yilda “toʻksonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini yetishtirish hajmlarining prognoz parametrlari (qishloq xoʻjaligi korxonalarida, shu jumladan ochiq yerlarda, bogʻ va uzumzorlar qator oralarida)

* — shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan tashqari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 11-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda 2018-yilda “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekish uchun zarur urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarining hajmlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga 12-ILOVA

2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.