PQ-3302-son Qaror · 29.09.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-sonli qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3302
  • Qabul qilingan sana:29.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:30.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3302/0041

Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi korxonalar barpo etish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash jarayoniga mintaqa korxonalarini keng koʻlamda jalb etish uchun qoʻshimcha ravishda qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-sonli qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi F.X. Boqiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 29-sentabr,

PQ-3302-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3302-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-sonli qaroriga kiritilayotgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-sonli qarorining 4-bandi kuyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengashga, zarurat boʻlganda, 4, 5 va 6-ilovalardan yangi investitsiya loyihalarini chiqarib tashlash va ularga qoʻshib qoʻyish boʻyicha tuzatishlar kiritish, shuningdek, Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining asosiy parametrlarini aniqlashtirish huquqi berilsin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.