PQ-3337-son Qaror · 18.10.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3337
  • Qabul qilingan sana:18.10.2017
  • Kuchga kirgan sana:18.10.2017
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3337/0135

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilda joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb yuritiladi) operativ boshqarish huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Toshkent shahri hokimligi obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olsin hamda obyektni saqlash va undan samarali foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.

3. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankini banklarga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan binoga joylashtirsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori matnining 9-bandidagi “Mustaqillik maydoni, 5-uyda” soʻzlari “Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorining 8-bandi hamda unga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 18-oktabr,

PQ-3337-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.