PF-5209-son Farmon · 18.10.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5209
  • Qabul qilingan sana:18.10.2017
  • Kuchga kirgan sana:18.10.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/17/5208/0140

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 18-oktabr,

PF-5209-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandidan “hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti ishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

b) 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

v) 1-ilovaning 19-bandi birinchi xaboshisidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi va 6-banddagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning 14-bandidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2951-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 1-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining direktori Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi kuzatuv kengashining tarkibiga kiradilar”;

b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.