PF-5214-son Farmon · 23.10.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5214
  • Qabul qilingan sana:23.10.2017
  • Kuchga kirgan sana:24.10.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/17/5214/0174

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga muvofiq:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchkorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 23-oktabr,

PF-5214-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PF-5214-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PQ-5111-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-ilovasining 20-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2768-sonli qarori.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-sonli qarorining 11 — 13-bandlari.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.