PQ-3398-son Qaror · 21.11.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255 sonli qarorini qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3398
  • Qabul qilingan sana:21.11.2017
  • Kuchga kirgan sana:21.11.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3398/0282

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PP-3239-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli qarori 4-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari va 5-bandining birinchi xatboshi, shuningdek, qarorga 3- va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 21-noyabr,

PQ-3398-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.