Qayd etilsinki, keyingi yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarning keng kompleksini izchil amalga oshirish yer va suv resurslari, shuningdek, umuman respublikada qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi unumdorligini oshirish imkonini berdi.
2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturiga muvofiq:
5443 kilometr kollektor-drenaj shoxobchalari, 751 ta tik drenaj quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 72,2 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoqlarini, 2907 ta tik drenaj quduqlari, 75 ta meliorativ nasos stansiyalari va boshqalarni taʼmirlash hamda qayta tiklash — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlarini;
1745 kilometrdan koʻproq irrigatsiya tizimlari, 388 kilometr novli sugʻorish shoxobchalari, 135 ta gidrotexnika inshootlari, umumiy hajmi sekundiga 49,6 kub metr suv chiqaradigan nasos stansiyalari qurilishi va ularni rekonstruksiya qilish — markazlashtirilgan kapital mablagʻlarni jalb etgan holda moliyalashtirildi.
Natijada, kuchli va oʻrtacha shoʻrlangan maydonlar 149,4 ming gektarga kamaydi, sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (2 metrgacha) joylashgan maydonlar 302,9 ming gektarga qisqardi, 897 ming gektardan koʻproq maydonning meliorativ holatini saqlash chora-tadbirlari amalga oshirildi, sugʻoriladigan 1,3 million gektardan koʻproq yerlarning suv taʼminoti yaxshilandi.
Shu bilan birga, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlarga qaramay:
4487 kilometr irrigatsiya tizimi kanallarini, 5250 kilometr sugʻorish tarmogʻini, 3636 ta gidrotexnika inshootini, 495 ta nasos stansiyalari (agregatlari)ni va 1500 ta tik sugʻorish quduqlarini, shuningdek, 7500 kilometr kollektor-drenaj shoxobchalarini, 13 ta meliorativ nasos stansiyalari hamda 185 ta tik drenaj quduqlarini rekonstruksiya qilish va qurish talab etiladi;
167 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti nihoyatda past darajada qolmoqda, 1957 ming gektar sugʻoriladigan yerlarni turli darajada shoʻr bosgan, shu jumladan, 542 ming gektari oʻrtacha va 99 ming gektari kuchli shoʻr bosgan yerlardir.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va irrigatsiyani rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni soʻzsiz taʼminlash hamda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish kompleks chora-tadbirlari Dasturi (keyingi oʻrinlarda — kompleks chora-tadbirlar Dasturi) 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, respublika viloyatlari va tumanlari kesimida 2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining markazlashtirilgan investitsiyalari hisobiga moliyalashtiriladigan irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
respublika mintaqalari kesimida 2018-2019-yillar davrida suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan irrigatsiya tizimlarini taʼmirlash va qayta tiklash prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
respublika mintaqalarida 2018-2019-yillar davrida suv isteʼmol qiluvchilar uyushmalari hamda fermer xoʻjaliklarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan sugʻorish shoxobchalarini taʼmirlash va qayta tiklash prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining markazlashtirilgan investitsiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan “Sirdaryo” va “Amudaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmalarining irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar boʻyicha 2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ularni taʼmirlash va qayta tiklash prognoz parametrlari 6 va 7-ilovalarga muvofiq;
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar hamda boshqa mexanizatsiya vositalari yetkazib berish prognoz parametrlari 8-ilovaga muvofiq;
respublika mintaqalarida 2018-2019-yillar davrida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimini hamda suvni tejaydigan boshqa Sugʻorish texnologiyalarini joriy etish prognoz parametrlari 9-ilovaga muvofiq;
respublika mintaqalarida 2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari 10-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan beriladigan kreditlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 11-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish kompleks chora-tadbirlari Dasturini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarning hisob-kitob qilingan asosiy koʻrsatkichlari 12-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B.T. Yusupov), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (O.O. Sobirov), “Oʻzmeliomashlizing” DUK (A.I. Sulaymonov), Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov), boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tumanlarning hokimlari zimmasiga irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va qayta tiklashning kompleks chora-tadbirlari Dasturi hamda prognoz parametrlari, shuningdek, amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan berilayotgan kreditlar va xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
3. Quyidagilar kompleks chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin.
birinchi, sugʻoriladigan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik va meliorativ holatini baholashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, suv resurslarini oqilona boshqarish va foydalanishni, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
ikkinchi, sugʻoriladigan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik va meliorativ holati darajasining joriy koʻrsatkichlarini kompleks baholash asosida irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari sifati va samaradorligini oshirish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish xavfsizligi va ishonchliligini taʼminlash;
uchinchi, suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini tomchilatib sugʻorish tizimini hamda suvni tejaydigan boshqa ilgʻor sugʻorish texnologiyalarini faol joriy etish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga qarshi kurashish;
toʻrtinchi, suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan foydalanish, shuningdek, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati va tuproq unumdorligi monitoringi va nazorati tizimini takomillashtirish;
beshinchi, meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarining, suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy servis xizmatlari sifatini hamda meliorativ va boshqa texnikadan, mashinalar, uskunalar hamda boshqa mexanizatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
oltinchi, suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarining hamda irrigatsiyani rivojlantirish, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha Davlat dasturining boshqa qatnashchilari malakasini oshirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi 2018-2019-yillarda ushbu qaror bilan maʼqullangan, markazlashtirilgan investitsiyalar hamda Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan irrigatsiya- melioratsiya ishlarining prognoz parametrlari bajarilishi uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarishning yillik Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida sugʻoriladigan yerlarda gidrogeologiya-melioratsiya tadqiqotlari oʻtkazilishini taʼminlasin, bunday yerlarda suv sathini pasaytirish va sizot suvlardan foydalangan holda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
6. Kompleks chora-tadbirlar doirasida har yili tasdiqlanadigan irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va qayta tiklash manzilli dasturlariga umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, xususan:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Tarmoq ilmiy-texnika kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda — irrigatsiya obyektlari boʻyicha;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashiga — meliorativ obyektlar boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashiga kompleks chora-tadbirlar Dasturida nazarda tutilgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
bir oy muddatda hududiy kompleks chora-tadbirlar dasturlarini, shuningdek, 2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va qayta tiklash manzilli loyihalari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda 2017-yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta tayyorlash majburiyatlarini bajarmagan tumanlarning sugʻoriladigan yerlarini sugʻorish suvi bilan taʼminlash va meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha asosiy muammolarni hal qilishga alohida eʼtibor qaratilsin;
loyihalar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, suv xoʻjaligi obyektlarining qirgʻoq boʻyi atrofidagi noqonuniy qurilgan imoratlar belgilangan tartibda buzilishi va zarur boʻlganda qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilishini vaqtincha cheklash uchun zarur sharoitlar toʻla hajmda yaratib berilishi samarali tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda tomchilatib sugʻorish tizimini hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarini joriy etayotgan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan investitsiyalarni jalb etishlariga koʻmak bersin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda ihota daraxtzorlari barpo etish uchun yer maydonlari sifatli tanlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini, moliyalashtirish samarali tashkil etilishi va bajarilgan ishlar qabul qilib olinishining amaliy mexanizmi nazarda tutiladi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
PQ-3405-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 1-ILOVA
2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Izoh. Tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi, respublika budjeti, shuningdek, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, tijorat banklari va boshqa ijrochi tashkilotlarning belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 2-ILOVA
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining markazlashtirilgan investitsiyalari hisobiga moliyalashtiriladigan irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish
* Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 3-ILOVA
2018-2019-yillar davrida suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan irrigatsiya tizimlarini taʼmirlash va qayta tiklash
* Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga4-ILOVA
2018-2019-yillar davrida suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda fermer xoʻjaliklarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash va qayta tiklash
* Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 5-ILOVA
2018-2019-yillar davrida Davlat budjetining markazlashtirilgan investitsiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan “Sirdaryo” va “Amudaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmalarining irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 6-ILOVA
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 7-ILOVA
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan meliorativ obyektlarni taʼmirlash va qayta tiklash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 8-ILOVA
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnikalar, mashinalar, uskunalar hamda boshqa mexanizatsiya vositalari yetkazib berish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga9-ILOVA
2018-2019-yillarda kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga9.1-ILOVA
2018-2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.2-ILOVA
2018-2019-yillarda Andijon viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.3-ILOVA
2018-2019-yillarda Buxoro viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.4-ILOVA
2018-2019-yillarda Jizzax viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.5-ILOVA
2018-2019-yillarda Qashqadaryo viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.6-ILOVA
2018-2019-yillarda Navoiy viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.7-ILOVA
2018-2019-yillarda Namangan viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.8-ILOVA
2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.9-ILOVA
2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.10-ILOVA
2018-2019-yillarda Sirdaryo viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.11-ILOVA
2018-2019-yillarda Toshkent viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.12-ILOVA
2018-2019-yillarda Fargʻona viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 9.13-ILOVA
2018-2019-yillarda Xorazm viloyatida kreditlar hamda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining oʻz mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 10-ILOVA
2018-2019-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish
* Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish natijalariga qarab aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan beriladigan kreditlar va xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining
(11-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qaroriga 12-ILOVA
2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish kompleks chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarning