Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimida ilmiy salohiyatni saqlab qolish, xizmat-jangovar faoliyatni oʻtash davrida mudofaa va xavfsizlik vazirliklari hamda idoralari harbiylari va xodimlari tomonidan egallangan bilimlaridan samarali foydalanish va yosh avlodga bilim berish, oʻspirin avlodni vatanparvarlik, Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash, shuningdek, respublika harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev) Mehnat vazirligi (A. Abduxakimov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev) va Oliy taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazi (U. Salimov) bilan birgalikda 2017-yilning 1-martigacha mamlakatimizning harbiy-akademik litseylari, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga harbiy xizmatchilardan pensionerlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (A. Azimov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (K. Aripov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) va Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy) Adliya vazirligi (M. Ikromov) boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-fevral,
PF-4960-son