PF-5300-son Farmon · 12.01.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5300
  • Qabul qilingan sana:12.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:12.01.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5300/0557

Lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini samarali himoya qilish, shuningdek, qimmatbaho xomashyo resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-yanvar,

PF-5300-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-maydagi PQ-2533-sonli qarorining 2-bandidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin:

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qarori:

a) 6-bandi ikkinchi xatboshidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovasi 9-bandidagi “Toshkent LORM zavodi”AJ” soʻzlari “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 3-ilovasi 10-bandidagi “Toshkent LORM zavodi”AJ” soʻzlari “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 5-ilovasi 8-bandidagi “Toshkent LORM zavodi”AJ” soʻzlari “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-sonli qarori 1-ilovasining boʻlimi nomlanishidagi, shuningdek, 176, 177, 178, 179 pozitsiyalaridagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmonining 1-ilovasi 5-bandi.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmonining 1-ilovasi 14-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PP-419-sonli qarori.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.