PF-5298-son Farmon · 09.01.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5298
  • Qabul qilingan sana:09.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:09.01.2018
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini xamda davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish maqsadida;

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin,

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin,

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 9-yanvar,

PF-5298-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-sonli qarorida:

a) 1 va 2-banddagi “umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)” soʻzlari “maktab-internatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin:

b) 3-bandning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida “umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)” soʻzlari “maktab-internatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

g) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

d) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Umumtaʼlim maktablaridagi (maktab-internatlaridagi) buxgalterlar sonining

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-sonli qarorida:

a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining

b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 42, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 32”;

v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarmalarining

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 192 nafar;

Hududiy boshqarmaning boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 13-14 nafar”;

g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi

Xodimlarning cheklangan soni: Boshqaruv xodimlari — 602;

Inspektor xodimlar — 2 116.

Tuman (shahar) boʻlimining cheklangan soni:

Boshqaruv xodimlari — 3 — 5;

Inspektor xodimlar — 3 — 26”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-sonli qarorining 10-bandidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori:

a) 1-ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari” bloki “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat moliya nazorati boshqarmalari” bloki bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovadagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 77.” bloki “Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi 61.” bloki bilan almashtirilsin;

v) 2a-ilovada:

19-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Izoh:

a) moliya inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha yangi tashkil etiladigan boʻlimlar (50 foizga qisqarishni hisobga olgan holda 2 ta birlik);

b) bundan tashqari, aksiz soligʻi olinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalar, neft bazalari, yogʻ-moy kombinatlari va hokazolar) biriktirilgan 124 nafar moliya inspektorini hisobga olgan holda Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalari soni 633 birlikni tashkil etadi”;

g) 7-ilovaning:

3-bandi birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

6-banddagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-banddagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

9-bandning oʻn toʻrtinchi kichik bandi sakkizinchi xatboshisidagi “nazorat-taftish ishlari” soʻzlari “davlat moliya nazorati” soʻzlari bilan almashtirilsin;

10-banddagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

11-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

14-bandning sakkizinchi xatboshisida “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlatmoliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-sonli qarorida:

a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“markazlashtirilgan tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va toʻlanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlash, shuningdek, ularning faoliyati profili boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish;

budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlarining profilaktikasini taʼminlash va ularning oldini olish”;

b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatining

Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 107 birlik”;

v) 3a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining

Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 29 birlik”;

g) 3b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining

Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 21 — 29 birlik”;

d) 3v-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining

Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 29 birlik”;

e) 3g-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlari apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni

Izoh: Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi”;

j) 4a-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi

* Ixtisoslashtirilgan poliklinikalarni hisobga olgan holda “Salomatlik” markazlari.

** Shtatlar soni namunaviy shtatlar asosida belgilanadi”;

z) 4b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Toshkent shahar tuman tibbiyot birlashmasi

* Ixtisoslashtirilgan poliklinikalarni hisobga olgan holda “Salomatlik” markazlari, shu jumladan Yakkasaroy tumanidagi 24 soatlik koʻp tarmoqli poliklinika.

** Shtatlar soni namunaviy shtatlar asosida belgilanadi”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-sonli Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli Farmonining 5-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PF-4309-sonli Farmoni ilovasining 1-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631,-sonli Farmoni ilovasi 32-bandining “a” kichik bandi va 34 bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 5- va 6-bandlari.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.