PF-5354-son Farmon · 20.02.2018

2019-yilning 1-yanvarigacha, bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari, bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan oziq-ovqat tovarlari va xomashyolarning ayrim turlari Roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5354
  • Qabul qilingan sana:20.02.2018
  • Kuchga kirgan sana:20.02.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5354/0791

Ichki bozorni kartoshka bilan yanada taʼminlash xamda narx-navo oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, 2019-yilning 1-yanvarigacha. bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari, bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan oziq-ovqat tovarlari va xomashyolarning ayrim turlari Roʻyxati quyidagi mazmundagi 4-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“‎ 4-1.‎ Yangi va sovitilgan kartoshka 0701‎ ”.‎

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi import boʻyicha olib kelinayotgan kartoshkani belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻz vaqtida va erkin oʻtkazilishini taʼminlasin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 20-fevral,

PF-5354-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.