2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar faoliyatining samarali tashkil etilishini, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning har tomonlama va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, shuningdek mazkur komissiyalar aʼzolarining roli va shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tuzilgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyaning, shuningdek Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalarning yangilangan tarkiblari 1 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-fevral,
PF-5357-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoniga 1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoniga2-ILOVA
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoniga 3-ILOVA
Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoniga 4-ILOVA
Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoniga 5-ILOVA
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoniga 6-ILOVA
Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)