PQ-3563-son Qaror · 23.02.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3563
  • Qabul qilingan sana:23.02.2018
  • Kuchga kirgan sana:23.02.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3563/0812

“Oʻzbekenergo” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PK-3380-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Koʻmir sanoatini texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalash jamgʻarmasi faoliyatini, shuningdek, uni moliyalashtirish manbalarini tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 23-fevral,

PQ-3563-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3563-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish xamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar

1. 9-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Belgilansinki, “Oʻzbekkoʻmir” UK investitsiya loyihalarni amalga oshirishda tuzgan, amaldagi bitimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarni soʻndirishni “Oʻzbekkoʻmir” UK oʻz mablagʻlari hisobidan, 2-ilovaga muvofiq amalga oshiradi”.

2. 2-ilovaning nomlanishi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekkoʻmir” UK investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tuzgan, amaldagi bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarini “Oʻzbekkoʻmir” UK oʻz mablagʻlari hisobidan soʻndirishini amalga oshiradigan “Oʻzbekkoʻmir” UK kreditlari roʻyxati”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.