Respublikada sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish, kartoshkachilikni yanada rivojlantirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish uchun zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni jalb etish, sifatli urugʻliklarning kafolatlangan hajmi hisobiga ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash, kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish, shuningdek, respublika aholisining kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK va “Agrover” MCHJ hamda boshqa tadbirkorlik subyektlarining Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
respublikada xorijiy texnologiyalar asosida mahalliy kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish, yuqori mahsuldor kartoshka urugʻlarini yetishtirishni tashkil etish;
kartoshka mahsulotlari va urugʻlari yetishtirishni taʼminlash, ichki bozorni sifatli kartoshka bilan toʻldirish maqsadida bozor konyunkturasini chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
urugʻlik kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarining yer maydonlariga joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yoʻnalishda ish olib borish;
navlarning tozaligi va urugʻlik materialining tasdiqlangan standartlar talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida kartoshka urugʻchiligi hududiy markazlari, ixtisoslashtirilgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, kartoshka urugʻchiligi bilan shugʻullanuvchi boshqa subyektlar faoliyati monitoringini olib borish;
urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasini ekish, yetishtirish va parvarishlash agrotexnikasi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, shuningdek yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olish va saqlash boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
kartoshkachilik sohasida ilmiy yutuqlarni, serhosil navlarni, yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermerlar malakasini tizimli ravishda oshirishni tashkil etish;
respublikada urugʻlik kartoshka va oziq-ovqat kartoshkasi yetishtirishning prognoz hajmlari boʻyicha takliflar tayyorlash, urugʻlik kartoshka yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish;
urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasini yetishtirish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, yoqilgʻi-energetika, suv va yer resurslari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan taʼminlash masalalarida koʻmaklashish.
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Agrover” MCHJ, “Oʻsimliklar texnologiyasi” MCHJ, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy kartoshkachilik markazlari, shuningdek, kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari Uyushma muassislari hisoblanadi;
tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil kirishi va uning tarkibidan chiqishga haqli;
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Uyushma quyidagi manzilda joylashtiriladi: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sanoat zonasi, Soʻgʻdiyona koʻchasi, 50-uy.
4. Quyidagilar:
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 20 nafardan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tiidagi matnda berilgan.
5. Belgilansinki, Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari taʼsischilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
6. Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev):
bir oy muddatda Uyushmaning Ustavi va taʼsis hujjatini ishlab chiqish hamda ularni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Uyushma ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
respublika mintaqalarida kartoshkachilik markazlari va ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin..
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018-yilda bugʻdoy oʻrim-yigʻimidan keyin asosiy va boʻshaydigan maydonlarga urugʻlik va oziq-ovqatbop kartoshka yetishtirish uchun joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2018-yil hosili uchun import boʻyicha olib kelinadigan urugʻlik kartoshka hajmlarining tashkilotlar va viloyatlar boʻyicha taqsimlanishi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika hududlarida ekishni tashkil etish, shuningdek, ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
8. Tijorat banklariga kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hamda 2018-yil hosili uchun urugʻlik kartoshka olib keluvchi jalb etilgan tashkilotlarga imtiyozli stavkalarda kredit mablagʻlari ajratish tavsiya etilsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
bir oy muddatda fermer xoʻjaliklari boʻyicha urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasi hajmlarini joylashtirsin;
2018-yil 1-martga qadar urugʻlik kartoshka yetkazib beruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga dastlabki toʻlovni taʼminlasin.
10. Belgilansinki:
tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqib, Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumani, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanlari, Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyatining Bulungʻur tumani, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hamda Fargʻona viloyatining Soʻx tumani urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan;
respublikada urugʻlik kartoshka yetishtirish faqat urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan va Uyushmaga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladi;
urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun yer maydonlarini aprobatsiya qilish va urugʻlarning navini aniqlash faqat Uyushma, Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash va sifatini nazorat qilish davlat markazi va kartoshkachilik hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish Uyushma tarkibiga kiruvchi kartoshkachilik hududiy markazlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
11. Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari kartoshkachilik markazlarini tashkil etish maqsadida ikki oy muddatda:
Uyushmaga aʼzo boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga laboratoriyalar, issiqxonalar, sabzavot omborlari, shuningdek, ochiq usulda kartoshka ekish uchun togʻli hududlarda unumdor yerlar qurilishini amalga oshirish uchun zarur maydonlar ajratilishini;
tuproq-iqlim sharoitlari va suv resurslari bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib, togʻli va togʻoldi hududlaridagi yer maydonlarida urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini tashkil etishni, shuningdek, mavjud fermer xoʻjaliklarini qayta ixtisoslashtirishni; kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini qayta ixtisoslashtirishni taʼminlasin;
tashkil etilayotgan kartoshkachilik markazlarining joylarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma va mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Agrover” MCHJning 2018-yilda tajriba-sinov loyihasi sifatida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasi yetishtirishga ixtisoslashgan, Uyushma aʼzolari uchun shartnoma asosida tayyor mahsulot yetishtirishga buyurtmalarni joylashtiradigan, shuningdek, agrotexnika va agrokimyo, logistika, saqlash, qadoqlash va tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadigan “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
13. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanini kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha tajriba loyihasini qisqa muddatlarda amalga oshirish maqsadida:
Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda “Agrover” MCHJning buyurtmanomasi asosida “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ hamda fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish uchun Boʻstonliq tumani hududidan kamida 3 000 gektar yer maydonlarini ajratsin;
istisno tariqasida “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJni tashkil etish boʻyicha qurilish va qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat bersin;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2019-yillar davrida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan yer maydonlarida irrigatsiya, melioratsiya va sugʻorish tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda ichki bozor ehtiyojlarini qondirish maqsadida yuqori mahsuldor kartoshka urugʻlarini yetishtirishni rivojlantirishga qaratilgan 2018 — 2022-yillarda respublikada urugʻchilikni rivojlantirish va kartoshka yetishtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Dastur doirasida respublikada yuqori mahsuldor kartoshka urugʻlarini yetishtirishni rivojlantirish uchun zarur mablagʻlar miqdori va ularni Uyushmaga aʼzo tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi, tijorat banklari tomonidan jalb etiladigan kredit mablagʻlari, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilsin.
15. Respublikada kartoshkachilik va urugʻchilikni yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Uyushma tarkibida tashkil etiladigan kartoshkachilik markazlari 2022-yil 1-dekabrga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tomchilatib, yomgʻirlatib va sprinklerlatib sugʻorish tizimi asbob-uskunalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlari, urugʻlik kartoshka, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va materiallari, kimyoviy reagentlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalar, maxsus mineral oʻgʻitlar, shuningdek kartoshkani tashish, qadoqlash, qayta ishlash, saralash uchun issiqxona komplekslari, muzlatgichlar va boshqa omborxonalar qurish uchun asbob-uskunalar, materiallar va qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) 5-ilovaga muvofiq ozod qilinsin;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
16. Belgilansinki, ushbu qarorning 4 va 5-ilovalarida koʻrsatilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan soliq va bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
PQ-3558-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga1-ILOVA
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi
* Yangi tashkil etilayotgan tashkilotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga3-ILOVA
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
1.Z.T. Mirzayev—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari2.Sh.J. Teshayev —Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Ilmiy-ishlab chiqarish markazi rahbari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari3.T.A. Jalilov—“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi4.S.S. Xodjayev—“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi5.J. Xodjayev—tashqi savdo vaziri6.lavozimi boʻyicha—Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi7.A.X. Abdullayev—Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi 8.A.E. Ravshanov—Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri9.Sh.X. Atabayev—Markaziy bank raisining oʻrinbosari10.I.M. Qurbonov—Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi rahbari11.I.K. Ergashev —Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi12.Z.O. Fayziyev—“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi13.R. Hakimov—Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori14.U.A. Axunov—“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqaruvi raisi15.M.Yu. Fayziyev—“Oʻzneftmahsulot” AJ boshqaruvi raisi16.A.O. Amanov —Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori17.B.A. Xodjayev—“Agrover” MCHJ direktori18.lavozimi boʻyicha—tijorat banklari rahbarlari17.lavozimi boʻyicha—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
Eslatma. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga4-ILOVA
Tashkilotlar nomiJami ekin maydoni, gektar*shu jumladan:Import boʻyicha olib kelinadigan urugʻlik kartoshkaning jami hajmi, tonnashu jumladan:asosiy ekish*qayta ekish*ElitaI reproduksiyaQoraqalpogʻiston Respublikasi“Agro gold impeks” MCHJ2 5311 8227091 000-1 000Jami:2 53118227091 000-1000Andijon viloyati“Agrover” MCHJ5 5353 2002 3353 000800-“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari-2 200Jami:5 5353 2002 3353 0008002 200Buxoro viloyati“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari1 1001 100-1 000-1 000Jami:1 1001 100-1 000-1 000Jizzax viloyati“Agrover” MCHJ3 8733 0008732 350350-“AGRO TAYYORLOV” MCHJ-2 000Jami:3 8733 0008732 3503502 000Qashqadaryo viloyati“Agrover” MCHJ6 0003 4002 6002 250250-“Imkon Agro” MCHJ-2 000Jami:6 0003 4002 6002 2502502 000Navoiy viloyatiJami:833600233---Namangan viloyati“Agrover” MCHJ4 1132 7001 4134 0001 000-“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari-1 000“Imkon Agro” MCHJ-1 000“Virgo Biznes” MCHJ-1 000Jami:4 1132 7001 4134 0001 0003 000Samarqand viloyati“Agrover” MCHJ14 0457 3506 6956 6001 600-“Maroqand meva-sabzavot” MCHJ5 000-Jami:14 0457 3506 6956 6006 600-Surxondaryo viloyatiJami:2 4012 000401---Sirdaryo viloyati“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari1 7501 0007501 000-1 000Jami:1 7501 0007501 000-1 111Toshkent viloyati“Agrover” MCHJ20 9947 15013 84414 8004 000-“Agrover plyus” MCHJ2 500-“Tagro” MCHJ1 000-“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari-1 300“LAVR FARM” MCHJ-2 000“lmkon Agro” MCHJ-1 000“Virgo Biznes” MCHJ-3000Jami:20 9947 15013 84414 8007 5007 300Fargʻona viloyati“Agrover” MCHJ8 4003 0005 4003 000500-“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari-1 500“Virgo Biznes” MCHJ-1 000Jami:8 4003 0005 4003 0005002 500Xorazm viloyati“Agro gold impeks” MCHJ2 6002 4002001 000-1 000Jami:2 6002 4002001 000-1 000Respublika boʻyicha jami:74 17538 72235 45340 00017 00023 000
* Ekin maydonlari hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2017-yildagi PQ-3281-son qaroriga muvofiq belgilangan, shu jumladan import boʻyicha olib kelinadigan elita va I reproduksiya urugʻlarini joylashtirish maydonlari hajmi kartoshkachilikka ixtisoslashgan tumanlarda 11,4 ming gektarni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tomchilatib, yomgʻirlatib va sprinkler bilan sugʻorish tizimlari asbob-uskunalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlari, urugʻlik kartoshka, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va materiallari, kimyoviy reagentlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalar, maxsus mineral oʻgʻitlar, shuningdek issiqxona komplekslari, muzlatgichlar va kartoshkani tashish, qayta ishlash, saralash uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilingan holda olib kiriladigan boshqa omborlar qurish uchun asbob-uskunalar, materiallar va qurilish materiallari
T/rNomiOʻlchov birligiSoniTIF TN kodi**1.Urugʻlik kartoshkatn50 0000701 10 000 02.Pushta hosil qiluvchi frezadona308432 29 900 03.Turli tuproq frezalari (uzluksiz va qator oralariga ishlov berish)dona208432 29 500 04.Pushtaolgich-Tor hosil qiluvchidona308432 29 900 05.Tizma hosil qiluvchi (katta tizma hosil qilish uchun)dona108432 10 000 06.Kartoshka ekish mashinasidona158432 39 900 07.Botvoyqatlagich, jatkadona208433 20 500 08.Bunkerli ikki qatorli tirkamali kartoshka terish kombaynidona208433 53 100 09.Bunkersiz ikki qatorli tirkalma kartoshka kovlagichdona308433 53 100 010.Bunkersiz ikki qatorli osma kartoshka kovlagichdona308433 53 100 011.Qator oralariga oʻgʻit solib ishlov berish uchun kultivatordona408432 29 100 012.Shtangani 24-36 m boʻlgan tirkama purkagich, sigʻimi 2000-3000 ldona208424 82 990 013.Shtangani 15-24 m boʻlgan, sigʻimi 700-1000 l boʻlgan osma purkagichdona108424 82 990 014.Toʻrt (3+1) va besh korpusli (4+1) aylanma plugdona308432 10 000 015.Olti korpusli aylanma plug (5+1)dona308432 10 000 016.Qamrash kengligi 3.0 m va undan yuqori boʻlgan ekishdan oldingi kultivatordona308432 29 100 017.Kombinatsiyalangan ekish oldi boronadona308432 29 300 018.Diskli boronalar (tuproqqa ishlov beradigan diskli agregatlar)dona308432 21 000 019.Chuquryumshatkichlardona208432 29 100 020.Aniq ekish seyalkalaridona208432 39 110 021.Boshqa seyalkalardona208432 39 190 022.Turli xil seyalkalar (kartoshka, sarimsoqpiyozning kichik tuganaklari, ekish dastasi)dona108432 39 900 023.Organik oʻgʻitlarni sochgichlar va taqsimlagichlardona108432 41 000 024.Noorganik (mineral) oʻgʻitlarni sochgichlar va taqsimlagichlardona408432 42 000 025.Tuproqni ajratuvchi manina (tosh tozalagich)dona108432 80 000 026.Traktor, osma yoki tirkama oʻroq mashinalaridona208433 20 500 027.Dvigatelining quvvati 37 kVt dan ortiq, lekin 75 kVt dan ortiq boʻlmagan qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlardona508701 93 100 028.Dvigatelining quvvati 75 kVt dan ortiq, lekin 130 kVt dan ortiq boʻlmagan qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlardona808701 94 100 929.Dvigatel quvvati 130 kVt dan ortiq boʻlgan qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlardona208701 95 100 930.Qatorlar orasiga ishlov beruvchi gʻildiraklardona608708 70 990 931.Yuklarni tashish uchun transport vositalarining shinalaridona5004011 20 900 032.Qishloq xoʻjaligi transport vositalari va mashinalari uchun shinalardona1 0004011 70 000 033.Qishloq xoʻjaligi samosval yarim tirkamasi (yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnagacha)dona408716 20 000 034.Qishloq xoʻjaligi samosval yarim tirkamasi (yuk koʻtarish qobiliyati 14 tonnagacha)dona408716 20 000 035.Qishloq xoʻjaligi samosval yarim tirkamasi (yuk koʻtarish qobiliyati 20 tonnagacha)dona208716 20 000 036.Yarim tirkama (transportyorli yuk tushirgich bilan)dona108716 20 000 037.Kartoshka qutilarini tashish uchun yarim tirkama platformasidona208716 40 000 038.YaraLiva Nitrabor (kalsiy nitrat + bor) yoki analogikg500 0003102 60 000 039.KRISTA SOP (kaliy sulfat) yoki analogikg120 0003104 30 000 040.KRISTA MKR (Monokaliy fosfat) yoki analogikg50 0002835 24 000 041.Kristalon 18-18-18 Spesial (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analogkg50 0003105 20 100 042.YaraVita Kombiphos (Suyuq mineral oʻgʻit NPK) yoki uning analogil50 0003105 10 000 043.YaraMila Somplex 12-11-18 (Kompleks granulalangan NPK oʻgʻit) yoki uning analogikg250 0003105 20 000 044.Kristalon Spesial 20-20-20 (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analogikg50 0003105 20 000 045.Kristalon 12+12+36 Red (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analogkg50 0003105 20 000 046.Kristalon 13+40+13 Yellow (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analogkg50 0003105 20 000 047.Folisare 10-5-40 (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki uning analogikg50 0003105 20 000 048.A-Imazalil (imazalil) urugʻlarni dorilovchi yoki analogl100 0003808 92 500 049.Selest Top 31,25% sus.k. (thiametoxam + fludioxonil + difenosonazole) zaharlovchi yoki analogl100 0003808 91 900 050.Prokleym 5% s.d.g. (emamestin benzoate) insektitsidlar yoki analogikg40 0003808 91 900 051.Gezagard 50% s.k. (prometryn) gerbitsidlari yoki analogil100 0003808 93 130 052.Zenkor Ultra (methribuzin) gerbitsidlari yoki analogil20 0003808 93 130 053.Fors 1,5% G. (teflithrin) tuproq insektitsidi yoki analogikg500 0003808 91 100 054.Karate 5% em.k. (lambda-syhalothrin) isektitsid yoki analogil20 0003808 91 100 055.Detsis 2,5% em.k. (deltamethrin) insektitsidi yoki analogil20 0003808 91 100 056.Koragen (chlorantraniliprole) insektitsid yoki analogi02 5003808 91 900 057.Ridomil Gold MS 68% s.d.g. (mansozeb + metalaxylM) fungitsid yoki analogikg50 0003808 92 900 058.Kurzat R (sopper oxychloride + symoxanil) fungitsid yoki analogikg25 0003808 92 100 059.Izabyon (ishlab chiqaruvchi Syngenta Agro, Shveysariya) biostimulyator yoki analogil50 0003105 90 800 060.Reglon Super 15% s.e. (dikvat) desikant yoki analogil50 0003808 93 270 061.Aksial 50% em.k. (pinoxaden + sloquintoset mexyl) gerbitsid yoki analogil50 0003808 93 270 062.Derbi 17,5% sus.k. (flumetsulam + florasulam) gerbitsid yoki analogil25 0003808 93 270 063.Moddus 25% em.k. (trinexapas-ethyl) oʻsish regulatori yoki analogil4 0003808 93 900 064.Sprinkler sugʻorish tizimlari, doiraviy, frontal, barabanli yomgʻirlatish qurilmalari komplektdaga6 0008424 49 100 065.1000 gektargacha boʻlgan komplektdagi sugʻorish tizimlari va qurilmalariga5 0008424 82 100 066.Kartoshka saqlash uchun maxsus qutilar (yogʻoch) qismlarga ajratilgan holdadona125 0004415 10 100067.Yogʻoch uchun poliuretan yelimi (yogʻoch quti bilan komplektda)kg15 0003506 10 000 068.Poʻlat burchaklarni mahkamlash (yogʻoch quti bilan komplektda)kg100 0007326 90 980 769.Burama mixlar (qutilarni yigʻishda burchaklarni mahkamlash uchun)kg23 0007318 12 100070.Rulonlarga ruxlangan mixlar (yogʻoch qutilarni yigʻish uchun)kg60 0007317 00 200 071.Sabzavot omborining seksiyali yoki qiya darvozasidona2007308 30 000 072.Gofrlangan (qovurgʻasimon) listdan tayyorlangan olovbardosh (G1) penopoliizotsianurat (PIR) dan yuqori issiqlik izolyatsiyasiga ega panellarkv. m160 0007308 90 510 073.Saqlash hajmi bilan komplektda sabzavot omborining yigʻma konstruksiyalari 10000 tntoʻplam79406 90 390 974.Sabzavotlarni saqlash uchun karkasli metall konstruksiyalar 10000 tonna saqlash komplektidatoʻplam87308 90 980 975.Avtomatlashtirilgan qadoqlash uchun qadoqlash materialit.m500 0003921 90 600 076.Avtomatlashtirilgan qadoqlash uchun oʻrama toʻrli materialoʻram5 0006305 33 100 177.Yuklagichga oʻrnatiladigan yashiklar agʻdargichidona408431 20 000 078.Suv tayyorlash uchun rezervuarlardona127309 00 510 079.Issiqxonalar uchun qozon uskunalari komplektdatoʻplam28403 10 900 080.Mikrofotosuratga olish, mikrokinotasvirga olish va mikroproyeksiyalash uchun optik mikroskoplardona49011 20 900 081.Issiqxonalar uchun maxsus yoritgichlar (oʻsimliklarni oʻstirish uchun yoritgich)dona3 0009405 10 980 982.2 ga kompleksdagi issiqxonatoʻplam29406 90 310 0
* Imtiyozlar yangidan tashkil etilayotgan kartoshkachilik markazlariga — Uyushma aʼzolariga Uyushma tomonidan tasdiqlangan loyihalarga muvofiq taqdim etiladi.
** Tovarlarning TIF TN boʻyicha yakuniy kodlari bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlanadi.