Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5368-son Farmoni ijrosi yuzasidan:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 55 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 6-ilovaga muvofiq;
jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda, toifalangan shaharlar-viloyat markazlari, tuman (shahar)lar roʻyxati 7-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni tanlab olish boʻyicha faoliyatni tashkil etish sxemasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriga, zarur hollarda, jismoniy tarbiya va sport organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan son doirasida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi;
tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining shtatlar soni, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha bosh mutaxassislari sonini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi respublika hududida davlat sport obyektlari qurilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini beradi va ulardan samarali foydalanilishini monitoring qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini optimallashtirish natijasida boʻshatiladigan bino va inshootlar, inventar va uskunalarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning doimiy asosda tashkil etilishi hamda oʻtkazilishini nazarda tutgan holda, tegishlicha mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning hududiy, tuman (shahar) kalendar rejalari har yili tasdiqlanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari uchun amaldagi qurilish norma va qoidalarini ushbu inshootlarga, jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha qoʻyiladigan zamonaviy talab va normalarga muvofiqlashtirish maqsadida ularni qayta koʻrib chiqishni taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalarini saqlab turish va moddiy-texnik jihozlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari va turnirlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritishga koʻmaklashsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ikki oy muddatda:
Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga biriktiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xizmat yengil avtomobillarining cheklangan umumiy sonini tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari joylashtirilishini, ularning mebel, kompyuter texnikasi, aloqa va boshqa zarur vositalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2779-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Kasimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-mart,
PQ-3583-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 55 nafar.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 17 nafar.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining
Boshqaruv xodimlarining jami shtatlar soni 14 — 16 nafar kishini tashkil etadi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 5-ILOVA
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 3-4 nafar.
* ushbu qarorning 7-ilovasiga muvofiq 1-toifali tuman (shahar)larda ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor lavozimi nazarda tutilgan.
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 7-ILOVA
Jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda toifalangan shaharlar — viloyat markazlari, tuman (shahar)lar
1-toifa — 4 nafar shtat birligi soni belgilanadi (boshliq — 1, sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor — 1, ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor — 1, bosh buxgalter — 1);
2-toifa — 3 nafar shtat birligi soni belgilanadi (boshliq — 1, sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor — 1, bosh buxgalter — 1);
jami 715 ta shtat birligi (boshliq — 203 nafar, sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor — 203 nafar, ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor — 106 nafar, bosh buxgalter — 203 nafar).
Bunda mazkur bandga asosan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(7-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni tanlab olish boʻyicha faoliyatni tashkil etish
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)