PQ-3589-son Qaror · 06.03.2018

Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3589
  • Qabul qilingan sana:06.03.2018
  • Kuchga kirgan sana:07.03.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3589/0860

Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etilsin. Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmogʻi 2006-yilga nisbatan 1,4 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari faoliyat koʻrsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan toʻliq foydalanilmayapti. Avtotransport xoʻjaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zaxiralaridan toʻlaqonli foydalanilmayapti.

Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yoʻlovchilar tomonidan yoʻl haqini elektron tarzda toʻlash samaradorligi, tushumning yigʻilishi va toʻlaligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar, mintaqalardagi yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.

Avtomobilda tashishlar va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan nazorat choralarini tubdan kuchaytirilishi, yoʻlovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik choralarni koʻrish talab etiladi.

Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil transportida tashishlar xavfsizligini taʼminlash hamda avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

7. Quyidagilar:

(7-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

Avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida dastur parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Transport vazirligi bilan birgalikda shahar va tumanlarda yangi tashkil etilayotgan avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish shuʼbalarining shahar va tumanlarda joylashtirilishini taʼminlasinlar.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:

yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish hamda avtovokzallar va avtostansiyalar qurilishi va rekonstruksiya qilinishining 2018 — 2021-yillarda respublika iqtisodiyoti va chekka mintaqalar aholisining tashishlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangilangan maqsadli koʻrsatkichlari 7-8 ilovalarga muvofiq;

2018 — 2021-yillarda avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilashning prognoz koʻrsatkichlari 9-ilovaga muvofiq.

2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri zimmasiga yuklansin.

(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

11. Asosiy faoliyati avtobuslarda yoʻlovchi tashishni amalga oshirish boʻlgan umumiy foydalanishdagi shahar yoʻlovchi transporti tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga yer soligʻi toʻlovlaridan ozod etilsin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)

12. Transport vaziriga:

(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish (shu jumladan xalqaro) xizmatini koʻrsatuvchi, yuklarni avtomobilda tashishlar hamda transport-logistika faoliyatini amalga oshiruvchi, toʻxtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va boshqa avtomobil transporti sohasida faoliyat yurituvchi unitar korxonalar shaklidagi mustaqil maxsus korxonalarni tashkil etish;

Transport vazirligi tuzilmasidagi unitar korxonalarni birlashtirish va tugatish huquqi berilsin;

(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

13. Transport vazirligiga va uning tomonidan tashkil etiladigan maxsus korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda, tender savdolari oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflarni tanlab olish yoʻli bilan avtobuslar va mikroavtobuslar faoliyatini masofadan “on-layn” tarzida kuzatish hamda yoʻlovchilar transportida yoʻl haqini naqd pulsiz toʻlash tizimini joriy etish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari, dasturiy mahsulotlar, uskunalar, mexanizmlar, materiallar, butlovchi anjomlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar (yetkazib beruvchilar) yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

14. Transport vazirligi va uning tomonidan tashkil etiladigan yangi maxsus korxonalar asoslash ehtiyoji mavjud boʻlganda texnik-iqtisodiy asoslash asosida 2023-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:

(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin, bunda boʻshagan mablagʻlar yangidan tashkil etiladigan maxsus tashkilotlarning moddiy — texnika bazasini mustahkamlash uchun maqsadli ishlatilishi;

(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

Oʻzbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan transport vositalari, butlovchi anjomlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asboblar va priborlar, mashinalar va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi uchun bojxona toʻlovlaridan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin (bojxonada rasmiylashtiruvlar uchun yigʻimlar bundan mustasno);

Belgilab qoʻyilsinki, Transport vazirligi va uning tomonidan tashkil etilayotgan yangi maxsus tashkilotlar oʻrtasida, shuningdek, tashkilotlar oʻzlari oʻrtasida qaytarmaslik sharti bilan topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulk yuridik shaxslarning qoʻshimcha qiymat va daromad soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.

(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

15. Transport vazirligi xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda idoraviy formali kiyim-bosh kiyishi belgilansin.

(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida hukumat qarorini ikki hafta muddatda qabul qilsin.

18. “Oʻzavtotrans” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorining 1 va 4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D.T. Dehqonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 6-mart,

PQ-3589-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-sonli qaroriga6-ILOVA

Avtomobil transporti boshqaruv tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

* Chora-tadbir qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash yakuni boʻyicha aniqlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-sonli qaroriga7-ILOVA

2018 — 2021-yillarda yoʻlovchilar tashiydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etishning maqsadli

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-sonli qaroriga8-ILOVA

2018 — 2021-yillar yoʻlovchi avtovokzal va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish

* Loyihalar qiymati taxminiy boʻlib, loyiha smeta hujjatlari tasdiqlanganidan soʻng aniqlik kiritiladi.

Izoh. Zaruriyat tugʻilganda Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda qurilish va rekonstruksiya qilish parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-sonli qaroriga9-ILOVA

2018 — 2021-yillarda avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilashning

Izoh. Katta hajmli yuk avtotransport vositalari milliy tashuvchilarning oʻz mablagʻlari, bank kreditlari, jalb qilingan va boshqa qonun bilan taʼqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan sotib olinishi koʻzda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari bilan kelishilgan holda prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.