Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Obod mahalla” dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5467-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahallalarning meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, shu asosda aholining turmush darajasini oshirish maqsadida:
1. “Obod mahalla” dasturi doirasida:
2018-2019-yillarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan mahallalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishning asosiy koʻrsatkichlari 2.1 — 2.9-ilovalarga muvofiq;
2018-2019-yillarda amalga oshiriladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish parametrlari 3 — 3.1-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Dastur ijrosining borishi yuzasidan shahar (tuman)lar hokimlari har chorak yakuni bilan xalq deputatlari shahar (tuman) kengashiga hisobot berib borishi belgilab qoʻyilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari:
bir oy muddatda “Obod mahalla” dasturi doirasida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha har bir mahalla kesimida “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, ularni amalga oshirish mexanizmlari, muddatlari va masʼullarni aniq belgilasin;
“Obod mahalla” dasturini amalga oshirish va belgilangan parametrlar ijrosini taʼminlash yuzasidan korxona, tashkilot va ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, buning uchun har bir mahalla boʻyicha maxsus shtablar faoliyatini tashkil etsin;
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda mahallalar hududlarida 4-ilovada keltirilgan xizmatlar va tuzilmalarni tashkil etib, ularning yuqori malakali mutaxassislar, zarur moddiy-texnika bazasi, bino va inshootlar bilan taʼminlagan holda toʻliq faoliyat yuritishi choralarini koʻrsin.
3. “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha:
tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injirining kompaniyalari hamda vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tizimidagi buyurtmachi xizmatlari buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni tanlov savdolari oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflar tanlovi orqali aniqlashga ruxsat berilsin.
Mazkur tanlovlarni tashkil etish, jarayonlarni nazorat qilish va ularning samaradorligini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik shaharlar hokimlari hamda tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari:
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajarish uchun “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish guruhlarining namunaviy nizomlari hamda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini mazkur guruhlar nazorati ostida moliyalashtirish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlanishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari:
mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan loyiha tashkilotlari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi bosh rejalar va batafsil rejalashtirish loyihalarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ishlab chiqishni;
mahallalar hududidagi boʻsh yer maydonlarini tadbirkorlik subyektlari uchun ajratishda bosh reja talablariga qatʼiy amal qilinishi yuzasidan mahalliy hokimlik va arxitektura organlari masʼuliyatini oshirishni taʼminlasin.
Qayd etilsinki, ushbu tartibga rioya etilmagan taqdirda barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va arxitektura organlarining mutasaddi rahbarlari va xodimlari oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, “Oʻzdavergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarni oʻrnatilgan tartibda xatlovdan oʻtkazib, uning natijalariga koʻra:
mavjud uy-joylar, bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini oʻrgansin hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini tashkil etsin;
texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino va inshootlar, qurilmalarning buzilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda koʻp qavatli bino va inshootlar, ularga tutash hududlar, obodonlashtirish elementlari, shuningdek, umumiy foydalanish obyektlarini toʻliq qamrab olgan holda kadastr maʼlumotlarini yangilasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi “Obod mahalla” dasturi doirasida Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarini taʼmirlash ishlarini, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarining zaruriy elementlar bilan toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda mavjud koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanishdagi qismlar va maydonlarni (fasad, podyezd, zina maydonlari, tom, yertoʻla, trotuar, bolalar maydonchalari va h.k.) taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini joylashtirish hamda atrofidagi hududlarni tartibga keltirish boʻyicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, shu asosda ishlarni amalga oshirishni taʼminlansin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Davlat ekologiya qoʻmitasi va tegishli sanitar tozalash korxonalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda chiqindilarni yigʻish maydonchalarini barpo etish, muntazam ravishda chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
10. Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq talab etiladigan 5-ilovada keltirilgan asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlari bilan taʼminlash boʻyicha tartib ishlab chiqib, shu asosda ishlarni tashkil etsin.
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, tarkibida qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud boʻlgan xoʻjalik birlashmalari “Obod mahalla” dasturi doirasida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini muntazam ravishda yetkazib berishni tashkil etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi organlar bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi oʻrnatilgan tartibda:
“Obod mahalla” dasturi doirasida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va mahallalarning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish uchun zarur hollarda shaharsozlik norma va qoidalarini qayta koʻrib chiqib, oʻzgartishlar kiritishni hamda yangilarini ishlab chiqishni taʼminlasin;
obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bajariladigan yoʻl-qurilish ishlarining sifati va nazoratini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-son qarori bilan tuzilgan “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (A.J. Ramatov)ga:
“Obod mahalla” dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, hokimlik va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning oʻzaro hamkorlikda ish yuritishlarini taʼminlash, bu borada yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;
“Obod mahalla” dasturi doirasida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boʻyicha belgilangan parametrlar ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlashning borishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
kelgusi yillarda “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan mahallalar roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;
“Obod mahalla” dasturini amalga oshirish jarayonida zarur hollarda vazirlik, idora, hokimlik va tashkilotlar — buyurtmachilarning takliflari asosida tegishli parametrlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish hamda bajariladigan ish turlari va hajmlariga aniqlik kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-son qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturiga tuzatishlar kiritish hamda yangilangan parametrlarni tasdiqlash vazifalari yuklatilsin.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, boshqa tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda, har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarining parametrlarini obyektlar kesimida shakllantirib, tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
Bunda, dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlarning samaradorligini oshirish va ortiqcha sarf-xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida obyektlar va tarmoqlar boʻyicha eng maqbul meʼmoriy va texnik yechimlar asosida loyihalashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish taʼminlansin.
15. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha korxona va tashkilotlar oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorlikni oshib ketmasligiga shaxsan masʼuldir.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idora va hokimliklar bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2018-yil manzilli dasturiga kiritilgan va qurilish-montaj ishlari boshlanmagan ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini xatlovdan oʻtkazib, zarur hollarda ularning oʻrniga “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlarida koʻzda tutilgan obyektlarni kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, S.R. Xolmurodov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar, viloyatlar va shaharlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyun,
PQ-3812-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga1-ILOVA
“Obod mahalla” dasturi doirasida 2018-2019-yillarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan mahallalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.1-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida bozor infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.2-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida hududlarni obodonlashtirish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.3-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida koʻp xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash va hududlarini obodonlashtirish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.4-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlash
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.5-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini barpo etish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.6-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini barpo etish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.7-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida ichimlik suvi va oqova suv taʼminotini yaxshilash
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.8-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida elektr energiyasi, gaz taʼminoti va tashqi yoritish tizimini yaxshilash
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga2.9-ILOVA
2018-2019-yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida issiqlik taʼminotini yaxshilash koʻrsatkichlari
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga3-ILOVA
“Obod mahalla” dasturi doirasida 2018-2019-yillarda amalga oshiriladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga3.1-ILOVA
“Obod mahalla” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish
Izoh: Parametrlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga4-ILOVA
Mahallalar hududlarida aholiga xizmat koʻrsatadigan tuzilma va tashkilotlarning
1. Zaruriy tuzilma va xizmatlarni oʻz ichiga olgan mahalla markazlari va mahalla guzarlari.
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, oilaviy poliklinikalar va ijtimoiy dorixonalar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
3. Koʻp xonadonli uy-joy fondiga xizmat koʻrsatadigan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, avariya-dispetcherlik xizmatlari va boshqaruv-servis kompaniyalari.
4. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimining hamda elektr, gaz, ichimlik suvi, oqova va issiqlik taʼminoti tashkilotlarining vakillari.
5. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (boʻlimlari)ning uchastkalari (ichki yoʻllarni saqlash bilan birga).
6. Maishiy chiqindilarni yigʻish punktlari va ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar.
7. Savdo va maishiy xizmat shoxobchalari (sartaroshxona, poyabzal tuzatish, tikuvchilik, hammom va boshqa).
8. Tijorat banklarining shoxobchalari (yoki kassalari).
9. Mikro sanoat zonasi negizida aholini ish bilan taʼminlaydigan kichik ishlab chiqarish obyektlari.
Izoh: Mahallalarda xizmat va tuzilmalarning mavjudligi hamda ularning quvvatlaridan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar tomonidan mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qaroriga5-ILOVA
2018-2019-yillar mobaynida “Obod mahalla” dasturi doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asosiy materiallarga boʻlgan talab