PQ-3823-son Qaror · 02.07.2018

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3823
  • Qabul qilingan sana:02.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:03.07.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3823/1432

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli qarorini ijro etish, shuningdek, suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish maqsadida:

1. 2018-yil 1-oktabrdan boshlab suv resurslaridan foydalanish uchun soliq stavkalari ilovaga muvofiq belgilab qoʻyilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlatgeologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-oktabrigacha suv resurslaridan foydalanuvchilarni xatlovdan oʻtkazish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirish doirasida barcha toifadagi soliq toʻlovchilarning suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori 3-bandining oʻninchi xatboshi, shuningdek uning 13-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Hamroyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 2-iyul,

PQ-3823-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3823-son qaroriga ILOVA

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

* Mazkur korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish tizimidan qatʼi nazar (soliqqa tortishning umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda soliq toʻlaydilar.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.