PQ-3822-son Qaror · 02.07.2018

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3822
  • Qabul qilingan sana:02.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:03.07.2018
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3822/1436

Maktabgacha taʼlim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “2018-yilga moʻljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qaroriga muvofiq:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda xorijiy tajribadan kelib chiqib va mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda 60, 135, 160, 235 va 385 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “2018-yilga moʻljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qarori bilan maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishi koʻzda tutildi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini qurish va 48-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini va Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish ishlari homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

2. Quyidagilar:

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning manzilli dasturlari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. Maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi etib belgilansin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

yangi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi;

tashqi muhandislik kommunikatsiyalarining qurilishi “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ tashkilotlari tomonidan ushbu tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga olib boradigan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, suv taʼminoti va kanalizatsiya tashqi tarmoqlarini olib kelish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan amalga oshiriladi;

maktabgacha taʼlim muassasalarining qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PP-3507-son qarori bilan tasdiqlangan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari, Oʻzbekiston Respublikasi budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 5-ilovaga muvofiq moliyalashtiriladi.

5. Mazkur qarorning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish doirasida 2019-yilning 1-yanvariga qadar:

buyurtmachilar va bosh pudratchi tashkilotlari — ular tomonidan bajariladigan qurilish va rekonstruksiya ishlari hajmlari qismida;

qurilish materiallari va jihozlarini yetkazib beruvchilar — buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotlarga sotiladigan qurilish mollari va jihozlari qismida qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod etilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 2-iyul,

PQ-3822-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-son qaroriga 1-ILOVA

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning asosiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-son qaroriga 2-ILOVA

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurishning manzilli

Izoh. Obyektlarning parametrlari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertiza oʻtkazilishi yakunlariga koʻra aniqlandi.

Qisqartmalar:

MTM — maktabgacha taʼlim muassasasi;

MFY — mahalla fuqarolar yigʻini;

QFY — qishloq fuqarolar yigʻini;

a/p — aholi punkti;

h/q — harbiy qism

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-son qaroriga 3-ILOVA

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilishning manzilli

Izoh: obyektlarning parametrlari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertiza oʻtkazilishi yakunlariga koʻra aniqlanadi.

Qisqartmalar:

MTM — maktabgacha taʼlim muassasasi;

IMTM — ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-son qaroriga 4-ILOVA

2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash boʻyicha manzilli

Izoh: obyektlarning parametrlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish yakunlariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-son qaroriga 5-ILOVA

2018-yilda maktabgacha taʼlim mussasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning manzilli dasturlarini moliyalashtirish

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.