PQ-3833-son Qaror · 04.07.2018

Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali inovatsion markaz” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3833
  • Qabul qilingan sana:04.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:04.07.2018
  • Holati:Amalda

Toshkent shahrida ““Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlarni sifatli va oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son)

2. “Hi-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz nomi “DELTA CITY” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz deb oʻzgartirilsin (keyingi oʻrinlarda — loyiha).

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son)

6. Quyidagilar:

a) loyihani amalga oshirish doirasida 2021-yilning 1-iyuliga qadar:

investorlar loyiha hududida obyektlar qurilishi bilan bogʻliq faoliyat qismida yagona soliq toʻlovi, mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan;

bosh pudrat va bosh loyiha tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;

belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Direksiya, investorlar, bosh pudrat tashkiloti tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi, uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin;

(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashab turgan joylarda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning buyurtmalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini, shuningdek, mazkur xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat berilishi (muddati uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda taʼminlasin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxodjayev va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.O. Ortiqxoʻjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 4-iyul,

PQ-3833-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.