PF-5476-son Farmon · 12.07.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-sonli qarori)

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5476
  • Qabul qilingan sana:12.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:14.07.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5476/1504

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-iyul,

PF-5476-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5476-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AKSh dollarigacha boʻlgan tovarlar (xizmatlar) eksporti bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarorining 1-bandi quyidagicha mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Tovar va xizmatlarni elektron tijorat, shu jumladan internet-doʻkon va elektron savdo maydonchalari orqali realizatsiya qiluvchi elektron tijorat subyektlari oʻz faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni taʼminlaydigan virtual terminallarni (E-POS) koʻllagan holda amalga oshirish huquqiga egadirlar”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.