PQ-3885-son Qaror · 27.07.2018

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3885
  • Qabul qilingan sana:27.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:30.07.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3885/1588

Jizzax shahrining kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish yoʻli bilan shahardagi sanitariya-epidemiologik va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 11-dekabrdagi PQ-2447-son qarori bilan “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangan, unda besh yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan 53,999 million maxsus qarz olish huquqlari (ekvivalenti 79,5 million AQSH dollariga teng) miqdorida qarz ajratilishi nazarda tutilgan;

2016-yil dekabr oyida Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) missiyasi tomonidan oʻtkazilgan loyiha amalga oshirilishining oʻrta muddatli kuzatuvi natijalari asosida OTB bilan oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandum imzolangan boʻlib, unda kanalizatsiya tozalash inshootlari maydonchasini koʻchirish maʼqullangan;

kanalizatsiya tozalash inshootlari maydonchasi koʻchirilishi munosabati bilan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga tuzatishlar kiritilib, uning natijalariga koʻra loyihaning OTB mablagʻlari qismidagi qiymati 17,608 million AQSH dollari miqdorida kamaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi ekvivalentda 11,719 million AQSH dollarini, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etish tarzida 11,515 million AQSH dollarini tashkil etadi;

kanalizatsiya tozalash inshootlari maydonchasini koʻchirish masalasi Jizzax viloyati xalq deputatlari Kengashi majlisida koʻrib chiqilgan, uning yakuni boʻyicha 2018-yil 26-iyunda, shu jumladan loyihaning mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, uning amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini oʻrnatish nazarda tutilgan tegishli qaror qabul qilingan.

2. Quyidagilar:

asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi 1-ilovaga muvofiq;

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sarf-xarajatlarini qoplashdagi ulushlarni taqsimlash prognozi 3-ilovaga muvofiq;

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyin oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov:

bir hafta muddatda Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Rahmonqulov) raisligida Loyihani amalga oshirishni va “Yoʻl xaritasi” bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyani (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etsin, uning tarkibiga Jizzax shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlarini kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri hamda Jizzax viloyati hokimining loyiha amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobotlari eshitilishini taʼminlasin;

loyiha doirasida ishlarni joylarga chiqib shaxsan nazorat qilsin hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur choralarni koʻrsin.

4. Belgilansinki, OTB qarzini qaytarish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar 2021-yildan boshlab Jizzax viloyati “Suvoqava” DUKning oʻz mablagʻlari hisobidan, yetishmayotgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 3-ilovaga muvofiq ulushlarda amalga oshiriladi.

5. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ tomonidan OTB qarzi oʻz vaqtida qaytarilishi va qarz boʻyicha foizlar toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida jamiyatda “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlar jamlanadigan maxsus hisob raqami ochilishini taʼminlasin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

6. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati raisi A.J.Ramatov zimmasiga — loyihani amalga oshirish doirasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarning samarali tashkil etilishi yuzasidan;

Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliyev va Komissiya rahbari A.B. Rahmonqulov zimmasiga — loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi, shuningdek, “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ mablagʻlarining “Oʻzsuvtaʼminot” AJ maxsus hisob raqamida jamlanishini taʼminlash yuzasidan;

(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B.B. Qudratxoʻjayev zimmasiga — suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlari uchun toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov zimmasiga — OTB qarzi va qarz boʻyicha hisoblangan foizlarning oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, zarur hollarda, OTB bilan Qarz bitimiga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda loyiha doirasida oʻtkazilgan tender savdolari natijalariga koʻra OTBning tejab qolingan mablagʻlaridan Jizzax shahrining kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish uchun foydalanish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlasin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 11-dekabrdagi PQ-2447-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandining toʻrtinchi xatboshi va 5-bandi, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 27-iyul,

PQ-3885-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga1-ILOVA

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash natijalariga qarab belgilanadi.

** Prognoz kursi 1 MQOH = 1,472316 AQSH dollari hisobida olingan.

*** Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash OTB krediti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga2-ILOVA

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning

* Toʻlovlar summasi qarz oʻzlashtirilishining amaldagi sanalariga qarab aniqlashtiriladi.

** MQOH — maxsus qarz olish huquqlari. Prognoz kursi 1 MQOH = 1,472316 AQSH dollari hisobida olingan.

*** Ushbu davrda foizlarni OTB qarzi hisobiga kapitallashtirish koʻzda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga3-ILOVA

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sarf-xarajatlarini qoplashdagi ulushlarni

Izoh. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv asosida ushbu maqsadlarga sarflanadigan xarajatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda Jizzax viloyati “Suvoqava” DUKning moliyaviy holatidan kelib chiqib, OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu korxonaning ulushi oʻzgartirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qaroriga4-ILOVA

“Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha

Izoh. Tadbirlar ijrosi muddatlari OTB bilan kelishuv natijalariga koʻra aniqlashtirilishi mumkin.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.