PQ-3959-son Qaror · 04.10.2018

Rostov-Don shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini ochish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3959
  • Qabul qilingan sana:04.10.2018
  • Kuchga kirgan sana:05.10.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3959/2196

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish hamda mehnat migrantlari boʻlib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida koʻmaklashish maqsadida:

1. Rostov-Don shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Rostov-Don shahrida Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi ochilayotganligini hisobga olib, 2018-yildan boshlab xorijiy muassasani moliyalashtirishni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga uchta avtomobil taʼminoti uchun limit ajratsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda shtat jadvaliga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasini mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlar boʻyicha konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish va mehnat migrantlari masalalari boʻyicha mutaxassislar bilan toʻldirsin;

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va Rostov-Don shahri maʼmuriyati bilan birgalikda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq, Bosh konsulxonani joylashtirish va jihozlash masalasini, shuningdek, uning faoliyatini tashkillashtirish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 4-oktabr,

PQ-3959-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.