PQ-4086-son Qaror · 26.12.2018

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4086
  • Qabul qilingan sana:26.12.2018
  • Kuchga kirgan sana:28.12.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/4086/2354

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-noyabrdagi 2119-III-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi SQ-348-III-son qarorlarini bajarish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi hamda 2020-2021-yillarga maqsadli moʻljallari 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjeti jamlanma parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining 2019-yil uchun asosiy parametrlari 4 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

2. 2019-yil uchun:

yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;

yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 9-ilovaga* muvofiq;

yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi, ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari 10 — 13-ilovalarga* muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 14 — 16-ilovalarga* muvofiq;

kelib tushayotgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazgan holda ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar hamda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranziti uchun yigʻimlar stavkalari 17-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

3. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab:

yagona soliq toʻlovi va yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdorlari;

yuk tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun, soliqqa tortish tizimidan qatʼi nazar, bitta transport vositasiga hisoblaganda ular tomonidan toʻlanayotgan soliqlarning jami miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu faoliyat turi boʻyicha toʻlayotgan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmasligi toʻgʻrisidagi tartib bekor qilinsin.

4. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini imtiyozlar amal qilish muddati tugagunga qadar ikki baravar pasaytirilgan stavkada toʻlash tartibi saqlab qolinsin.

5. Oʻrnatilsinki, belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu badal miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan 0,1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etgan holda ishchi-soliq toʻlovchining hisobini yakka tartibda olib borishni nazarda tutib, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovning yagona soliq hisoboti shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

6. 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar xizmat koʻrsatuvchi banklardan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun pul mablagʻlarini olishda (yoki plastik kartalarga oʻtkazishda) yagona ijtimoiy toʻlov hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha toʻlov hujjatlarini taqdim etishi lozimligi nazarda tutilsin.

7. Ish beruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy toʻlovning kamaytirilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mehnatga haq toʻlash fondini asossiz pasaytirish holatlarini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati monitoringini amalga oshirsin.

Soliq toʻlovchilar 2019-yil 1-aprelga qadar xodimlar soni va (yoki) mehnatga haq toʻlash fondini ixtiyoriy ravishda hisobotlarda rasmiylashtirgan va aks ettirgan taqdirda avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun javobgarlikdan, ilgari koʻrsatilmagan xodimlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovi summasini qoʻshimcha hisoblashdan ozod qilinsin.

8. 2019-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq toʻlovini 4 foiz stavkada toʻlashga oʻtkaziladi;

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi saqlab qolinadi;

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2019-yil 1-fevralga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar toʻlash tartibini tasdiqlasin.

9. Quyidagilar:

a) 2019-yil 1-yanvardan:

bir vaqtning oʻzida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqini oyiga 2000 soʻmga pasaytirish hamda mablagʻlarni 18-ilovaga* muvofiq normativlarga asosan taqsimlagan holda koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foiz stavkada mobil aloqa xizmati uchun aksiz soligʻi;

bir vaqtning oʻzida polietilen granula boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini bekor qilgan holda 25 foiz miqdoridagi polietilen granulalarga aksiz soligʻi;

b) 2019-yil 1-martdan qatʼiy belgilangan soliq bilan bir qatorda advalor stavkaning kiritilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan sigaretalarga aksiz soligʻining aralash stavkasi kiritilsin.

2019-yil 1-iyuldan alkogol va tamaki mahsulotlariga belgilangan stavkalarni qoʻshimcha ravishda 20 foizgacha oshirgan holda 2019-yil uchun aksiz soligʻiga tortiladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari 19-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

10. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyuldan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanmaydigan yetkazib beruvchilardan olingan hisob-fakturalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish huquqiga ega emaslar. Bunda, soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rasmiy sayti orqali real vaqt rejimida aniqlanadi.

11. 2019-yil 1-yanvardan:

sement va klinker uchun qoʻshimcha foyda soligʻi;

foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanish uchun toʻlov bekor qilinsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishi va ularning hisobi aniq yuritilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.

Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotlarini tuzishda xoʻjalik subyektlariga koʻmaklashsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro tajribani oʻrgangan holda 2019-yil 1-mayga qadar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi obyektlari, shuningdek, dala-hovlilari uchun jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. 2019-yilda yagona yer soligʻi toʻlovchilar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2019-yil 1-yanvardan, tajriba tariqasida meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan undiriladigan yagona yer soligʻining bazaviy stavkalari 20-ilovaga* muvofiq kiritilsin.

14. 2019-yil uchun mahalliy yigʻimlarning chegaralangan stavkalari 21-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Soliq xizmati” DUK bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar fermer xoʻjaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun maxsus dasturiy mahsulotni ishlab chiqsin va joriy etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy mahsulotni ishlab chiqish va joriy etish, fermer xoʻjaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin.

23. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 23-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

24. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:

yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;

mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 24-ilovaga* muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda belgilansin.

25. Davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarning bekor qilinishi, shuningdek, yagona soliq toʻlovi tarkibining oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining:

a) 2019-yil 1-yanvardan:

ijtimoiy soha muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini;

sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, magistral (viloyatlararo) kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi zimmasiga, meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini esa Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini;

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarajatlarni alohida satrda koʻrsatgan holda moliyalashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasini tugatish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika yoʻl jamgʻarmasi)ni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazish hamda:

(25-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

yoʻl xoʻjaligi sohasidagi qurilish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yoʻllaridan foydalanish va saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yoʻllardan foydalanish korxonalari, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari, koʻpriklardan foydalanish korxonalari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlash funksiyalarini Moliya vazirligi zimmasiga yuklash;

(25-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)

boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda Respublika yoʻl jamgʻarmasini yoʻl xoʻjaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ijrochi organ sifatida belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

26. Belgilansinki:

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga 2019-yil 1-yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi toʻliq miqdorda Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Ushbu toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar Pensiya jamgʻarmasidan toʻlanadi;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasining (xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus hisob raqamidan tashqari) 2018-yil yakuni boʻyicha qoldiq mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalarining 2019-yil 1-martgacha boʻlgan davr uchun xodimlariga toʻlanadigan ish haqi, kompensatsiya toʻlovlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan avval jalb qilingan xorijiy kreditlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qaytarsin;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasining xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari vazifa jihatidan tasnifining tegishli tarmoqlari boʻyicha aks ettirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda davlat maqsadli jamgʻarmalarini tugatish va oʻtkazish ishlarini tashkil etish, ularning aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazishni va qabul qilish-topshirishni amalga oshirish, shu jumladan qarzlarni undirish yoki umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish boʻyicha takliflar kiritish uchun tugatish komissiyasini tashkil etsin.

28. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalarni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yil 1-yanvar holatiga pensiyalarni toʻgʻri toʻlash boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan fuqarolarga ortiqcha toʻlangan pensiya summasi qoldiqlarini hisobdan chiqarsin.

29. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va birinchi navbatdagi toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida budjet mablagʻlari oluvchilarga budjet mablagʻlari ajratishni avval ajratilgan mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishiga qarab amalga oshirsin.

Belgilansinki, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga soliq boʻlmagan toʻlovlardan ajratmalar meʼyorlarini oʻzgartirish, shuningdek, yangi turdagi ajratmalarni joriy etish kelgusi yilning boshidan amalga oshiriladi.

30. Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tugatilsin.

Belgilansinki, Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasidan avval ajratilgan mablagʻlar va uning qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazilishi shart.

31. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2019-yil 1-martdan boshlab vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjet mablagʻlari taqsimlovchilari budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish, oʻtkazilgan tanlov (tender)lar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish haqidagi tegishli axborotni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2019-yil mobaynida qatʼiy belgilangan kupon stavkasida 5 yil va undan ortiq muomala muddatiga ega boʻlgan 500 million AQSH dollardan kam boʻlmagan summada Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini chiqarsin va joylashtirsin;

2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ayrim budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish borasida oʻrganishlarni amalga oshirsin;

2019-yildan boshlab nol stavkani qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha ortiqcha summani qaytarishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda amalga oshirsin.

(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)

34. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyati va manfaatdorligini kuchaytirish, ularning daromadlar boʻyicha vakolatlari va xarajatlar boʻyicha majburiyatlarini oshirish maqsadida 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar:

a) quyidagi daromadlar:

jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stansiyalaridan tashqari), yagona yer soligʻi, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish uchun yigʻimlar, bozorlardan tushadigan daromadlar, shuningdek, 26-ilovaga* muvofiq ayrim noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari, qonunbuzarliklarning ayrim turlari uchun jarimalar tumanlar va shaharlar budjetlariga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti bilan tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida taqsimlagan holda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yagona soliq toʻlovidan ajratmalar, alkogol mahsulotlari, pivo, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning chakana realizatsiyasiga aksiz soligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga oʻtkazilishi;

b) qoʻshilgan qiymat soligʻi tushumlarining bir qismi (tovarlarni import qilishda olinadigani bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bundan mustasno), yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi (Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanadigani, shuningdek, norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida ushlab qolinadigani bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti oʻrtasida taqsimlanishi;

v) budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni 27-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga oʻtkazish;

g) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetlari oʻrtasida taqsimlanadigan soliqlardan (yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi bundan mustasno) mahalliy budjetlarga ajratmalar 50 foizdan kam boʻlgan taqdirda, ushbu soliqlar boʻyicha daromadlarning prognozdan oshirib bajarilishidan hosil boʻlgan mablagʻlarning 50 foizi mahalliy budjetlarga qaytarilishi;

d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga:

xarajatlarning yetishmayotgan summasini alohida tumanlar va shaharlar budjetlarini rejalashtirishda shakllanadigan ortiqcha daromadlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti bilan tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida qayta taqsimlash hisobidan qoplash;

qoʻshilgan qiymat soligʻi (import qilinadigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan olinadigan soliq bundan mustasno), yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi (Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanadigani, shuningdek, norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida ushlab qolinadigani bundan mustasno)ning bir qismini tegishli hududlarda qolayotgan daromadlar doirasida yoʻnaltirish;

daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablagʻlardan bir qismini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun tegishli tumanlar va shaharlar budjetlariga oʻtkazish boʻyicha vakolatlar berilishi nazarda tutilsin.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilning yanvar oyida Markaziy bank bilan birgalikda 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda oʻtkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda uning ijrosi boʻyicha yakuniy operatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin, jumladan:

yuqori va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro qarzdorlik toʻliq hajmda qoplanishini nazarda tutuvchi budjetlararo munosabatlarni tartibga solish;

tugatilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarining 2018-yil 31-dekabr holatiga qoldiqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida aks ettirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining 2018-yil 31-dekabr holatiga oʻzlashtirilmagan qoldiqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida aks ettirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazish.

36. Suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarining qaytarilishi yetishmagan qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy holatini qatʼiy nazorat qilish, ularning moliyaviy oqimlari ustidan monitoring olib borishni taʼminlasin, kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha mablagʻlarni undirish choralarini koʻrsin va mablagʻlar yetmagan hollarda, asosiy qarz va foiz toʻlovlarining qoplanmagan qismini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mahalliy budjetlarning qoʻshimcha daromadlari mavjud boʻlmagan va qarzdorlikni toʻlash muddatlari kelgan hollarda qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmasligiga yoʻl qoʻygan suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy oqimlari ustidan monitoringni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritgan holda ularning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari oldidagi qarzdorligini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha daromadlari hisobidan qoplash huquqi berilsin.

37. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2019-yil oxiriga qadar pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish, shuningdek, keyinchalik Pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvini amalga oshirgan holda bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlasin.

38. 2019-yil uchun quyidagilar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq;

2019-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq;

2019-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar budjet tashkilotlaridagi mavjud maxsus qoʻriqlash postlari sonini tanqidiy oʻrgansin va ularning sonini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda maxsus qoʻriqlanishi talab etiladigan tashkilotlarning yangilangan roʻyxatini tasdiqlasin.

40. 2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini 2018-yil uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolgan holda 2019-yil 1-maydan boshlab ularning miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq belgilansin.

* 1 — 32 ilovalar rus tili matnida berilgan.

41. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalarining asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 62 500 milliard soʻm, xarajatlari — 74 000 milliard soʻm miqdorida;

Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 23 520 milliard soʻm va xarajatlari — 20 483 milliard soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari 3 807,6 milliard soʻm va xarajatlari — 3 807,6 milliard soʻm miqdorida.

42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2024-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.

(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)

43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 33-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2019-yil 1-yanvardan 34-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

45. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

46. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 26-dekabr,

PQ-4086-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga 33-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-fevraldagi PQ-800-son “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Jeneral Motors Oʻzbekiston” korxonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

““Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan mahsulotlar qismi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan”.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-apreldagi PQ-1736-son “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori:

a) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 2 baravaridan 5 baravarigacha” soʻzlar “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovaning rus tilidagi matnida 3, 12, 17, 26, 27, 30, 35, 41, 42, 48, 53 va 54-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 3-ilovaning rus tilidagi matni izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Chislennost proizvodstvennogo personala — 2 yedinitsi”.

b) 4-ilovaning rus tilidagi matni izohi quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:

“Chislennost proizvodstvennogo personala — 2-3 yedinitsi.

Obshaya chislennost proizvodstvennogo personala — 30 yedinits”.

v) 5-ilovaning rus tilidagi matni izohi quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:

“Chislennost proizvodstvennogo personala — 2 yedinitsi.

Obshaya chislennost proizvodstvennogo personala — 26 yedinits”.

g) 6-ilovaning rus tilidagi matni izohi quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:

“Chislennost proizvodstvennogo personala — 2 — 5 yedinits.

Obshaya chislennost proizvodstvennogo personala — 695 yedinits”.

d) 7-ilovaning rus tilidagi matnida:

8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“uchastiye v razrabotke otraslevix programm razvitiya gosudarstvenno-chastnogo partnerstva v prioritetnix napravleniyax ekonomiki i sotsialnoy sfere”;

9-band 10-kichik bandning yigirma ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

11-bandning:

yigirma beshinchi va yigirma oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

yigirma yettinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilar tegishincha yigirma beshinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;

17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“17. Zarabotnaya plata rabotnikov sistemi Ministerstva finansov sostoit iz doljnostnogo oklada, premiy, doplat i nadbavok, predusmotrennix deystvuyushim zakonodatelstvom.

Na rabotnikov territorialnix finansovix organov sistemi Ministerstva finansov Respubliki Uzbekistan rasprostranyayutsya usloviya oplati truda, ustanovlennie punktom 1 postanovleniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 9-yanvarya 2017 goda № PP-2722 “O merax po dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti i usileniyu materialnogo stimulirovaniya rabotnikov territorialnix organov gosudarstvennogo upravleniya”;

Rabotnikam sentralnogo apparata Ministerstva finansov za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan viplachivayutsya yejemesyachnie nadbavki za vislugu let v sleduyushix razmerax (v koeffitsiyentax k doljnostnomu okladu s uchetom koeffitsiyenta stimulirovaniya): ot 2 do 5 let — 0,1; ot 5 do 10 let — 0,2; ot 10 do 15 let — 0,3; ot 15 do 20 let — 0,4; ot 20 do 25 let — 0,5; svishe 25 let — 0,6. Staj raboti, dayushiy pravo na polucheniye voznagrajdeniya za vislugu let, ischislyayetsya v sootvetstvii s poryadkom, utverjdayemim Ministerstvom finansov Respubliki Uzbekistan”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“22. Rabotnikam sentralnogo apparata Ministerstva ekonomiki Respubliki Uzbekistan za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan viplachivayutsya yejemesyachnie nadbavki za vislugu let v sleduyushix razmerax (v koeffitsiyentax k doljnostnomu okladu s uchetom koeffitsiyenta stimulirovaniya): ot 2 do 5 let — 0,1; ot 5 do 10 let — 0,2; ot 10 do 15 let — 0,3; ot 15 do 20 let — 0,4; ot 20 do 25 let — 0,5; svishe 25 let — 0,6. Staj raboti, dayushiy pravo na polucheniye voznagrajdeniya za vislugu let, ischislyayetsya v sootvetstvii s poryadkom, utverjdayemim Ministerstvom ekonomiki Respubliki Uzbekistan”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:

4-bandning uchinchi xatboshidagi “yanvardan” soʻzi “iyuldan” soʻzi bilan almashtirilsin;

7-bandda:

ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son qaroridagi:

a) 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“STAVKI importnix tamojennix poshlin

Primechaniye

* Legkovim avtomobilyam so stoimostyu v ekvivalente 40,0 tis. dollarov SSHA i boleye, s momenta vipuska kotorix proshlo ne boleye dva goda, primenyayetsya nulevaya stavka importnoy poshlini.”

(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisidan “foizsiz asosida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3954-son ““Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3976-son “Oʻzbekiston Republikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari, mutaxassislari va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasi quyidagi “***” mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:

“*** Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi inspektori mehnatiga haq toʻlash razryadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi yetakchi konsultanti (yetakchi inspektori) mehnatiga haq toʻlash razryadiga tenglashtiriladi”.

14. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat bojlari stavkalarining 6-bandi:

quyidagi mazmundagi “b-1” kichik band bilan toʻldirilsin:

“b-1) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun — eng kam ish haqining 120 foizi”;

“v” kichik bindidagi “eng kam oylik ish haqining 50 foizi” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 80 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“d” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqining 60 foizi” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining bir baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“m” kichik bandidagi “ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan miqdorlarda” soʻzlari “ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “b-1”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan miqdorlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-avgustdagi 224-son “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

““JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan”.

16. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 14-bandi “a” kichik bandida:

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

17. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovadagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

******* Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga oldin tushgan jarimalar va penyalar summasini inobatga olgan holda.”

18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 2010-yil 2-iyundagi 104-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda) 2-bandining:

ikkinchi xatboshidagi “78” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “12” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.

19. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda) 1-bandi “a” kichik bandining:

ikkinchi xatboshidagi “78” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “12” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.

20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-martdagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 3-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi”.

21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 106-modda):

2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi “a” kichik bandi va 42-bandi, shuningdek, uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

22. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 540-son “Notarial harakatlar va FHDY ogranlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“notariuslar va FHDY organlari undiradigan hamda tijorat banklarining notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalari orqali tushayotgan davlat boji toʻlovlari qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanguniga qadar ular summasining bir foizi miqdorida tijorat banklari mukofot olishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”.

23. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:

2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yoshga doir, nogironligi boʻyicha nafaqa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolaligidan nogiron boʻlgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, nogiron boʻlgan 16 yoshgacha (OIVni yuqtirib olgan 18 yoshgacha) bolalarga nafaqa, shuningdek, yoshga doir pensiyaning belgilangan miqdoridan kam pensiya va nafaqa boʻyicha har bir nafaqa oluvchiga”;

3-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga 34-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 31-ilovasining 4-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 5 va 7-bandlari.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshi hamda 35-ilovasi 6-bandi.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandi.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2 — 6-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshi hamda 1 va 2-ilovalari.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 7 va 8-bandlari.

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi beshinchi xatboshi.

16. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorining 6 — 8-bandlari hamda 1-ilovasi.

17. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi uchinchi xatboshi hamda 2-ilovasi.

18. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 2013-yil, 8-son, 53-modda) ilovasining 1-bandi.

19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari) (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 2016-yil, 4-son, 28-modda) 1-ilovasining 18-bandi.

20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-martdagi 159-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 2017-yil, 3-son, 34-modda).

21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 9-son, 213-modda).

22. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori) (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 2017-yil 12-son, 302-modda) ilovasining 16-bandi.

23. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori) (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 3-son, 56-modda) 1-ilovasining 8 va 13-bandlari.

24. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori) (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 2018-yil 5-son, 121-modda) 1-ilovasining 18-bandi.

25. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi HQ, 2018-yil 5-son, 129-modda) ilovasining 25-bandi.

26. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 596-son “Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.